Niderlandiyaning "Ayaks" klubi bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoa yarim himoyachisi Kvinsi Promesni qo‘llab quvvatladi. Promes insonga jiddiy shikast yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
- Biz uchun u aybdor emas, uning aybi hali isbotlanmagan. Nima bo‘lganligi bizga ta’sir ko‘rsatadi: menga, uning jamoadoshlariga. U aybdor emasligini tasdiqlamoqda. Biz uni qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Biz Promesga yordam beramiz, lekin u o‘ziga o‘zi ham yordam berishi kerak. Uni "Ayaks" futbolchisi ekanligini unutmaslik kerak, — ten Xagning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda De Telegraaf.