Londonning «Tottenxem» klubi futbolchisi Garet Beyl «Stok Siti» klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat oldi.
«Garet zahiraga olishni o‘zi so‘radi. Tanaffus paytida kiyinish xonasiga yo‘l olganimizda u menga o‘zining jarohati haqida gapirdi. Uning jarohati qay darajada ekanligini hozir bilayman. Biroz keyinroq klubimiz shifokorlaridan bu haqda batafsil bilib olaman», - dedi Joze Mourinyo.