Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Italiya nashri: «Eldor Fenomen!»

Italiya nashri: «Eldor Fenomen!»

Baho:
+ | -

Stadion.uz Italiya chempionatida o‘zini ko‘rsatayotgan Eldor Shomurodov haqidagi qiziqarli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashadi.

«Rostov» jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov «Jenoa» safiga o‘tgach, sekin-asta asosiy tarkib futbolchisiga aylanib bormoqda. 25 yoshli o‘zbek futbolchisi A Seriyada gol kiritishni uddaladi. Uni hatto «Yuventus» ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Italiya nashrlari Eldorning transferi borasidagi mish-mishlarni keng yoyishda davom etmoqda. «Le Gazzeta Della Sport» nashri esa, hamyurtimizning A Seriya ko‘nikib olish jarayoni haqida kattagina maqolani e’lon qildi. Maqolaning muallifi Filippe Grimaldi Eldorni «Jenoa»ning yagona umidi, deb atadi.

«Shomurodov chinakam fenomen! U «Jenoa»ning elitada jon saqlab qolishini ta’minlashga qodir so‘nggi umid uchquni! U nafaqat elitada qolish, balki baxtli kelajakni ham ta’minlab berishi mumkin bo‘lgan umid uchquni. U o‘z gollari va maydondagi harakati bilan o‘ziga sarflangan pullarni oqlashga tushib ketdi. E’tiborlisi shundaki, Italiyaga yer sharining umuman boshqa tomonidan kelgan yigitning ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar soni tobora ortib bormoqda.

Hozirgi «Jenoa» o‘zbek uchun o‘zini ko‘rsatish uchun qulay imkoniyat. U to‘p bilan yaxshi munosabatda bo‘ladi. Kerakli pallada uzoq masofaga tezlik namoyish eta oladi. Ikkinchi qavatda ham juda faol. 25 yoshli hujumchi uchun bu omillar super darajaga ko‘tarilish uchun ko‘mak berishi aniq.

«Griffonlar»ning yangi bosh murabbiyi – Davide Ballardini o‘zbekning o‘yinidan ko‘ngli to‘layotgani aniq. Murabbiy o‘zining so‘nggi intervyularida Osiyodan kelgan futbolchining mashg‘ulotlarda qanday ter to‘kayotgani haqida aytib berdi. «Lasio»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng, Eldor haqida hamma fikr bildirishni boshladi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Eldor italyan tilini o‘rganishni boshlab yuborgan. Bu unga Apennin yarim orolida uzoq qolishiga ko‘mak beradi. Gap shundaki, uning ingliz tili Ballardini bilan muloqot uchun kamlik qilmoqda. Hozirda, Eldorning tarjimoni sifatida moldaviyalik himoyachi Daniyel Dumbravanu ishtirok etmoqda. Yaxshiyam shu futbolchi bor ekan, aks xolda hujumchi ko‘plab muammolar o‘chog‘ida qolib ketishi mumkin edi.

25 yoshli futbolchi o‘zbek milliy taomi – oshni juda sog‘ingan. Shunday bo‘lsa-da, Eldor bunga ko‘nikishga tayyor. U tezroq Italiya futboli bilan tanishib olish maqsadida intilmoqda. U progress jarayonida.

So‘nggi paytlarda uning kelajagi borasida turli mish-mishlar urchib ketdi. «Yuventus» tomonidan qiziqish bo‘lgani qanchalar haqiqat ekanligini sir bo‘lib qoldi. Eldorning agenti – Qahhor Mo‘minov bu voqeaga oydinlik kiritishni istamadi. «Rostov» bosh murabbiyi – Karpin esa bunga ijobiy munosabat bildirdi:

«Bo‘ridan qo‘rqqanlar o‘rmonga kirmaydi»

O‘sha kuni Rossiya futbolidagi taniqli insayderlardan biri Nobel Arustamyan o‘z ijtimoiy tarmog‘ida vaziyatga baho berdi. Uning aytishicha, qishda Eldorni «Jenoa» sotmaydi. Yozda esa, hamma narsa bo‘lishi mumkin. Shunisi aniqki, Eldor «Yuventus»ning short-listidan o‘rin egallagan».

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:16, 17.01.2021.
O'qildi: 6261 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик