Ispaniya qirollik futbol federasiyasining musobaqalarni o‘tkazish qo‘mitasining yig‘ilishi ertaga — 19 yanvar, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
RAC1 tarqatgan xabarga ko‘ra, unda «Barselona» hujumchisi Lionel Messining diskvalifikasiyasi ko‘rib chiqiladi.
Agar argentinalik futbolchining harakatlari tajovuzkorona deb topilsa, u eng kamida 4ta o‘yinga chetlatiladi (eng ko‘pi — 12ta o‘yin). Superkubok bahslari bo‘yicha qo‘llanilgan sanksiya Ispaniyadagi barcha musobaqalarga tadbiq etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Messi «Atletik» hujumchisi Asyer Vilyalibrening yuziga urgani uchun maydondan chetlatilgan edi.