Angliyaning «Vulverxempton» klubi ustozi Nunu Eshperitu Santu o‘z shahri aholisiga katta ijtimoiy yordam ko‘rsatdi.
Murabbiy Vulverxempton aholisiga mo‘ljallangan 250 ming fund mablag‘ni oziq-ovqat uchun ajratdi.
«Men jamoam muxlislarini qattiq hurmat qilaman. Ular pandemiya paytida ham bizni yolg‘izlatib qo‘yishmadi. 4 yillik faoliyatim davomida men tuzgan klubda shahrimiz ishqibozlarining ham katta hissasi bor», - deydi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, bu Santu tomonidan qilinayotgan ilk yordam emas. U pandemiya davridan buyon turli xildagi katta-kichik aksiyalarni o‘tkazib keladi.