Italiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchiniga mamlakat federasiyasi tomonidan uzoq va manfaatli bitim taklif etildi.
Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar beradi. Federasiya Robertoga yuqori ishonch bildirmoqda. Endi u bilan amaldagi shartnoma 2024 yilgacha uzaytirilishi mumkin. Bunda jamoaning JCH-2022 da qanday ishtirok etishi aytarli ahamiyat kasb etmaydi.
Bundan oldinroq «Inter» murabbiyi Kontening bosh jamoaga qaytishi haqida turli mish-mishlar tarqalgan edi.