Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Jaloliddinov bugun 50 foiz kuchi bilan o‘ynadi»

Otabek G‘ulomxo‘jayev: «Jaloliddinov bugun 50 foiz kuchi bilan o‘ynadi»

Baho:
+ | -

"Andijon" klubi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jayev "Qizilqum"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan keyin o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Avvalambor, “Qizilqum” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinni ko‘rdinglar, yaxshi o‘tdi, kurashlarga boy bo‘ldi. To‘g‘risi, yaxshi o‘ynab turib yutqazish alam qiladi. Uch ochkoni qo‘ldan chiqardik.

— Bugun ikki xil futbol ko‘rdik. Birinchi bo‘limda “Qizilqum” yaxshi o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda esa “Andijon”. Buning sababi nimada?
— Jamoamiz o‘tgan yilgidan ko‘ra 90 foizga yangilandi. Yangi o‘yinchilar kelgan, endi shakllanyapti. Balki moslashish uchun vaqt kerak bo‘lgandir. Lekin dastlabki 15 daqiqada ham to‘pning nazorati bizda edi. Belgilangan penalti biroz bo‘lsa-da, yigitlarga ta’sir qildi. Ikkinchi bo‘limda ancha hujumkor o‘yin namoyish etdik.

— Jasur Jaloliddinovning o‘yinidan qanchalik qoniqish hosil qildingiz?
— Jasurning hozirgi holatini bilganim uchun aytamanki, u bugun 50 foiz kuchi bilan o‘ynadi. Chunki ma’lum vaqt jamoasiz, mashg‘ulotsiz qolib ketdi. To‘g‘ri, individual tarzda shug‘ullandi. Ammo jamoamizga qo‘shilganiga bugungi o‘yinni ham hisoblasak bor-yo‘g‘i besh kun bo‘ldi. Uning individual mahoratini hamma biladi. Boya aytganimdek, 50 foiz kuchi bilan to‘p surdi. Ammo Jaloliddinov hali chempionatda o‘z so‘zini aytadi.

Manba: https://t.me/fcandijan
Kiritildi: 22:28, 11.03.2021.
O'qildi: 3483 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.