Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Quturgan «bo‘rilar» «Molinyu»da jonsiz «Liverpul»ni bo‘g‘izlashga shay (prevyu)

Quturgan «bo‘rilar» «Molinyu»da jonsiz «Liverpul»ni bo‘g‘izlashga shay (prevyu)

Baho:
+1 | -

Bugun Angliya Premyer-ligasi 28 tur uchrashuvlariga yakun yasaladi. Turning so‘nggi bahsida mamlakatning amaldagi chempioni «Liverpul» «Molinyu» o‘yingohida «Vulverxempton» mehmoni bo‘ladi. Bu yerdan o‘yinoldi e’tiborga molik jihatlar va turnir jadvaliga doir ba’zi bir prinsipial holatlarni bemalol topish mumkin.

«Liverpul»

«Qizillar» uchun mavsumning ikkinchi qismi rosmana qo‘rqinchli tushga aylanib ketdi. «Enfild»da doim dahshatli armiyaga aylanadigan jamoani bugunga kelib autsayder klublar ham osonlik bilan taslim etmoqda. Darhaqiqat, ayni paytga kelib jamoada anchayin salbiy muhit yuzaga kelgan. Asosiy tarkib yetakchilarining ketma-ket olayotgan jarohatidan tashqari klub liderlarining ham bosh murabbiy bilan munosabatlari yaxshi emas. Jamoa to‘purari Muhammad Saloh Klopp bilan uzoq muddat davom etib kelayotgan kelishmovchiliklariga barham bera olmayapti.

Kamiga, Misr terma jamoasi murabbiylar shtabi mamlakat yetakchsini yaqinlashayotgan katta mundiallar oldidan nima qilib bo‘lsa ham yig‘inga jalb qilmoqchi. Klopp esa «cho‘kayotgan» «Liverpul» ustunini tabiiyki, qo‘yib yubormoqchi emas. Shu tariqa muammolar ketidan paydo bo‘layotgan muammolar jamoani ich-ichidan yemirib bormoqda. Nemis mutaxassisi esa yaratgan «mashinasi»ning sochilib ketgan detallarini misqollab yig‘ib olish yo‘llarini izlamoqda. Biroq nazarimizda, bunga endi biroz kechroq. Mavsum yakunlanishiga 10 ta tur qolgan bir paytda Kloppga Germaniya milliy terma jaoasi bosh murabbiyligi uchun ham takliflar kelib tushgan. Usiz ham xayollari juda ko‘p chalg‘iyotgan mutaxassis jamoasini kuchli to‘rtlikka qaytarishi uchun hali ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi. Bu yo‘lda esa bugun «Liverpul»ning oldida anchayin jiddiy raqib paydo bo‘lgan.

Ushbu jamoalarning birinchi davradagi o‘yinida muxlislar «Enfild»dagi yirik 4:0 hisobidagi g‘alabaga guvoh bo‘lishgan edi. 2000 ishqiboz ko‘z o‘ngida harakat qilgan «Liverpul» muhim 3 ochkodan so‘ng turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgani ko‘pchilikning esida bo‘lsa kerak. Bugun esa o‘sha muhtasham «Enfild»ga tomoshabinlar kira olmaydi. Sababi barrchaga ma’lum! Jamoa esa bu yerga oxirgi 7 bahsning 6 tasini boy bergan holda yetib kelmoqda. Musobaqa peshqadami «Man Siti» bilan ochkolar esa oz ham emas ko‘p ham emas naq 25 tani tashkil etadi. Ko‘rib turganingizdek, birinchi uchrashuv bilan hozirgisining o‘rtasida osmon va yerchalik tafovut yuzaga kelgan. O‘z navbatida maqsadlar ham o‘zgargan. Endi klub birinchilik uchun emas, balki kuchli to‘rtlikdan joy olish uchun harakat olib boradi. Darhaqiqat, «Liverpul» mavsumning ikkinchi qismida butunlay boshqa jamoaga aylanib olgandek taassurot uyg‘otmoqda.

Jamoa fevral oyidan buyon maksimum 21 ochkolik tizimdan atigi 3 ochko jamg‘ardi xolos. «Enfild»dagi qora natijalarni aytmasa ham bo‘ladi. Bu vaqt oralig‘ida butun Premyer-liga jamoalari orasida «Liverpul» faqatgina «Vest Bromvich»dan ko‘proq gol urishni uddaladi. Himoya chizig‘ida sodir bo‘layotgan ketma-ket tartibsizliklar jamoaning hujumdagi stabilligini yopib qo‘yayapti. Umumiy statistikaga to‘xtaladigan bo‘lsak, «Liverpul» joriy mavsum jami 9 ta uchrashuvda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ulardan 6 tasi uy bahslarida sodir bo‘lgan. Yil boshidan hisoblanganda 8 ta, fevraldan hisoblanganda esa bu sonlar 6 tani tashkil etadi. Ko‘rib turganingizdek, jamoaning natijalari oydan oyga salbiy tus olib bormoqda. Bu 2015-16 yillarda qayd etilgan antirekordning takrorlanganini bildiradi. Hozirda klubni YECHL uchun yo‘llanma beradigan o‘rinlardan 7 ochko ajratib turibdi. Nazariy va amaliy jihatlardan ham hali «qizillar»da imkoniyat yetarlicha mavjud. Shu o‘rinda qayd etish kerak, «Liverpul»ning «Vulvz»ga qarshi safar o‘yinlaridagi statiskasi ancha yaxshi. Jamoa «Molinyu»da 1981 yildan beri mag‘lubiyatga uchramay keladi. Bu «bo‘rilar» tarixidagi eng uzun mag‘lubiyatli seriya hisoblanib bugun Nunu ushbu qora an’anaga barham berishi mumkin. Shuningdek, maydon egalarida 3 ta o‘yinlik g‘alabasiz seriya ham mavjud. Demak, bugungi bahsda «Liverpul»ni tirgab turuvchi omillar ham yo‘q emas ekan.

Taxminiy tarkib: (4-3-3): Alisson – Robertson, Xenderson, Aleksandr-Arnold, Fillips – Alkantara, Veynaldum, Oksleyd-CHemberleyn – Salax, Mane, Firmino

Qatnasha olmaydi: Van Deyk, Gomez, Xenderson, Matip

Vulverxempton

«Bo‘rilar»ning ketma-ket 3 ta o‘yindan buyon mag‘lubiyatga uchrab kelayotgani haqida yuqorida ta’kidlab o‘tdik. Biroq jamoaning joriy yilgi natijalari o‘tgan yilgisidan ancha yaxshiroq kechmoqda. «Bo‘rilar» «Man Siti»ga mag‘lub bo‘lishlaridan oldin ketma-ket 7 ta safar o‘yinida yutkazishmagan. Buning ustiga fevralda qayd etilgan ko‘rsatkichlar foizi hisobidan ham Santu shogirdlari «Liverpul»dan yaxshiroq natijalarga ega. Bu vaqt oralig‘ida jamoa 12 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi (solishtirish uchun bu ko‘rsatkich «qizillar»da uchtani tashkil etadi).

Ushbu jaaryon ham albatta jamoa o‘yinida oydan oyga o‘sish kuzatilganini bildiradi. «Vulvz»ga ushbu uchrashuv oldidan motivasiya berib turuvchi omillar talaygina. Avavalo, jamoa taqvimga ko‘ra bundan oldingi 3 ta bahsni safarda o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi va 3 ta mag‘lubiyat. Qiziq tomoni, klub joriy yil hisobidan hali biror marta ketma-ket ikkita uy uchrashuvida g‘alaba qozona olmadi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan mavsumda bir martagina takrorlangan. Xo‘sh, qora an’anaga barham beriladimi? «Molinyu»ga quturgan holda tashrif buyurgan «bo‘rilar»ning navbatdagi o‘ljasi jonsiz «Liverpul» bo‘larmikin?

Taxminiy tarkib: (3-4-3): Patrisiu – Boli, Koudi, Kilman – Sayss, Semedu, R. Nevesh, Moutinyo – Silva, Traore, Netu

Qatnasha olmaydi: Ximenes, Marsal, Podense

Kiritildi: 23:46, 15.03.2021.
O'qildi: 3013 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.