Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

«Navbahor» va «Aral samali» navbatdagi uy o‘yinlarini tomoshabinlarsiz o‘tkazishi mumkin

«Navbahor» va «Aral samali» navbatdagi uy o‘yinlarini tomoshabinlarsiz o‘tkazishi mumkin

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Coca-Cola Superliga 2-turi doirasidagi «Andijon» – «Surxon» uchrashuvi yakunlanganidan so‘ng ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan paytda «Surxon» klubi bosh murabbiyi Rifat Akramxo‘jayev o‘zini noprofessional tarzda tutib, raqib jamoa murabbiylaridan birini turtib yuborgani uchun unga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, ushbu uchrashuv yakunlanganidan so‘ng ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan paytda «Andijon» jamoasi futbolchisi Sunnatillo Hamidjonov «Surxon» klubi bosh murabbiyi Rifat Akramxo‘jayevga nisbatan juda qo‘pol munosabatda bo‘lib, o‘zini noprofessional tarzda tutgani uchun Sunnatillo Hamidjonovga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Coca-Cola Superliga 3-turi doirasidagi «Bunyodkor» – «Andijon» uchrashuvining 36-daqiqasida «Bunyodkor» jamoasi futbolchisi Ibrohim Tomiva Gbadamosi oyog‘ining tag qismi bilan raqib futbolchisining ko‘krak qismiga kuchli zarba bergani uchun 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi va unga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Coca-Cola Superliga 3-turi doirasidagi «Navbahor» – «Nasaf» uchrashuvining 51-daqiqasida «Navbahor» muxlislari o‘z noroziligini qo‘pol tarzda namoyish etib, «Nasaf» futbolchilari va o‘yin rasmiylari tomon maydonga turli buyumlar uloqtirgan. Shu sababli “Navbahor Lochinlari” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi va agar bunday holat yana takrorlansa, klub uy uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazishi bo‘yicha ogohlantirildi.

U-21 Birinchiligi 2-turi doirasida «Qo‘qon-1912» – «Qizilqum» uchrashuvining 16-daqiqasida «Qizilqum» futbolchisi Shahzod Turopov o‘yin rasmiylari sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun 3ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi va unga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro liga 2-turi doirasidagi «Olimpik» – «Oq-tepa» uchrashuvi yakunlanganidan so‘ng “Oq-tepa” klubi ma’muri Baxtiyor Irgashev o‘yin rasmiylari sha’niga nomaqbul so‘zlar ishlatgani uchun unga nisbatan 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi. Shuningdek, mazkur uchrashuvdan so‘ng «Oq-tepa» klubi direktori Alisher Shog‘ulomov hakamlikdan noroziligi bo‘yicha o‘yin protokoliga yozma ariza yozmay turib, buning o‘rniga OAV orqali o‘z noroziligini bildirgani uchun jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro liga 2-turi doirasidagi “Aral Samali” – «Xorazm» uchrashuvi yakunlanganidan so‘ng «Aral» jamoasi muxlislari o‘z noroziligini qo‘pol tarzda namoyish etib, maydonga turli buyumlar uloqtirgan. Agar bunday holat yana takrorlansa, klub uy uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazishi bo‘yicha ogohlantirildi. Shuningdek, “Aral Samali” bosh murabbiyi Timur Turdiyev hakamlikdan noroziligi bo‘yicha o‘yin protokoliga yozma ariza yozmay turib, buning o‘rniga OAV orqali o‘z noroziligini bildirgani uchun jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:48, 01.04.2021.
O'qildi: 4286 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик