Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko 1-2 Barselona
14/04 23:59 Liverpul 0-2 PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Boateng Myunxenni tark etadi. Keyingi manzil Dortmund bo‘lishi mumkin

Boateng Myunxenni tark etadi. Keyingi manzil Dortmund bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

Yozgi transfer oynasida himoyachi Jerom Boateng «Bavariya»ni tark etadi.

Erkin agentga aylanadigan futbolchi «Borussiya»ga o‘tishi mumkin. Dortmund klubi 32 yoshli himoyachi bilan shartnoma imzolash haqida o‘ylamoqda.

Agar ushbu kelishuv amalga oshirilsa, Boateng ish haqining sezilarli pasayishiga rozi bo‘lishi kerak. «Bavariya»da u yiliga 12 million evro oladi.

«Borussiya» jamoada yetakchilik fazilatlariga ega tajribali futbolchilar sonini ko‘paytirmoqchi.

Bundan tashqari, jamoaning Bundesliga turnir jadvalidagi mavqeini hisobga olgan holda, klub qimmatbaho transferlarga umid bog‘lay olmaydi, chunki «Borussiya»ning Chempionlar Ligasiga kirishi ayni paytda so‘roq ostida.

Oldinroq «Barcelona» va «Tottenxem» himoyachiga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

«Bavariya»ning sport direktori Xasan Salixamidzichning aytishicha, futbolchining klub bilan shartnomasi ko‘p ehtimol uzaytirilmaydi.

Boateng joriy mavsum Bundesliganing 22 o‘yinida maydonga tushib, 1 gol urdi va 1 golli uzatma muallifiga aylandi.

Manba: Sportbuzzer.de
Kiritildi: 18:26, 10.04.2021.
O'qildi: 3963 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик