Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

"Modernist chol" futbolda inqilob qilmoqda

"Modernist chol" futbolda inqilob qilmoqda

Baho:
+ | -

Futbol turnirlarida anchadan beri hech narsa o‘zgarmay kelayotgan edi. Doimgidek ichki chempionatlar va klublar miqyosida o‘sha barchamizga tanish turnirlar, ammo endi barchasi o‘zgarish arafasida. O‘z yo‘lida to‘g‘ri va bir tekis ketayotgan Yevropa futboli keskin burilishni amalga oshirishi mumkin. Bunga sabab ayrim klublar haddan ziyod boy va ular o‘zlarining shahsiy masalalarini hech kimning ko‘magisiz qila oladi. Shunday ekan, ular alohida chiqishni istab qoldi. Ular iqtisodiy, yuridik va tashkiliy jihatlarda anchagina mahoratli. Demak, futbolda inqilob boshlanmoqda. Yevropa futbolida emas, butun futbol olamida. Sababi, ko‘hna qit’a futbolning yuragi hisoblanadi va bu o‘zgarishlar bevosita butun charm to‘p olamiga taaluqli.

Manfaatlar futboldan ustun kelganda

Mana shu Yevropa Superligasi tashkilotchilari o‘zboshimchalikda ayblanmoqda. Ular boy va kambag‘al klublarni yaqqol ajratishni boshladi. Futbolni sevgan va uni yaxshi tushungan inson bu holatdan g‘azablanadi, ammo, bu holatga boshqa tarafdan ham qarasa bo‘ladi. Mana shu ligaga qo‘shilgan 12 ta jamoaning asosiy pul manbai bu marketing va translasiyalar hisoblanadi. Turnirlar ularga beradigan mablag‘ esa faqatgina daromadning bir kichik bo‘lagi bo‘ladi holos. Misol tariqasida, YECHLni yutgan klub 120 million yevro oladi. Aslida, ayrim top klublar bu pulni bir futbolchi uchun sarflaydi. Ko‘proq pul topishning iloji bo‘lgan payti, nima sababdan ozrog‘iga qanoat qilish kerak? Qisman, Yevropa Ligasi tashkilotchilarining g‘oyasida ham jon bor. Ular o‘z manfaatlarini o‘ylashmoqda, ammo futbolni emas.

Bu turnir qanchalik qiziq bo‘ladi

Albatta, bu turnir anchagina qiziqarli bo‘ladi. Har xafta o‘nlab super to‘qnashuvlar va ayrim chegaralarning olib tashlinishi holati kuzatiladi. "Barselona" "Manchester Siti" bilan o‘ynashi uchun qandaydir qur’a natijalaridagi tasodif zarur emas yoki yo‘li kamdan-kam kesishadigan boshqa grandlar ham o‘zaro tez-tez o‘yinlar o‘tkazib turadi. Bu tarafdan gap bo‘lishi mumkin emas. Ammo, an’analarchi? Qachondir bir kun bu klublarning o‘zaro o‘yinlariga ham o‘rganib qolarmiz va bundan hayratlanmay ham qolamiz, ammo ayrim an’analarning behudaga yo‘qolib ketgani qoladi. Asosiy maqsadi pul bo‘lgan investor va ayrim prezidentlarga esa bu qiziq emas. Ular hamma o‘rganib qolgan chempionatni qadrlashmagan holda, cho‘ntak dardida ovora.

"Modernist chol"

"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres bu g‘oya tashabbuskori ekanligini hammamiz deyarli bilib bo‘ldik. Yoshi bir joyga borib qolgan va futbolda ko‘pni ko‘rgan odam nega bu ishga qo‘l urdi ekan deya o‘ylaydi kishi. Unga shuningdek, Andrea Anyelli ham yordamlashmoqda. Albatta, Peresning ham, Anyellining ham asosiy maqsadi bu o‘z klublarini pandemiyadan keyingi iqtisodiy inqirozdan olib chiqib ketish emas. Aslida, bu klublar bu koronavirusdan juda ham ko‘p jabr chekkanlar qatorida ham emas. Bu insonlar ko‘proq prinsipga tayangan holda ish yuritmoqda. Qariya prezident uzoq vaqtdan beri La Liga va UYEFA bilan kelisha olmaydi. Bu ishi bilan u har qanday raqibiga zarba bera oladi, agar loyiha ish bersa. Bu reja uzoq vaqt davomida tuzilgan va kerak bo‘lsa mayda detallarigacha puxta o‘ylangan.

Millionlar ortidan quvib, asriy an’analarga barham berishni niyat qilganlarni biz oqlay olmaymiz. Balki, ular o‘z foydasi uchun to‘g‘ri qarorga kelgandir, ammo futbol millionlar o‘yini. Bu naql insonlarga nisbatan qo‘llangan, pullarga emas.

 

                                                           Xudayqulov KARIM tayyorladi

Kiritildi: 19:03, 20.04.2021.
O'qildi: 4426 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.