«Manchester Yunayted» hujumchisi Edinson Kavani jamoada uzoqroq muddatga qolishni xohlaydi.
Urugvaylik futbolchi Jahon chempionati-2022 turnirida ishtirok etish imkoniyatlari oshishi uchun ham nufuzli jamoada o‘ynashni afzal biladi.
Hozircha Kavani shartnomasi borasida yakuniy qarorga kelmagan. Biroq MYU ham uni jamoada qolishini istamoqda.