Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

APL. «Liverpul» 6 ta gol urilgan o‘yinda «Manchester Yunayted» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi (videosharh)

APL. «Liverpul» 6 ta gol urilgan o‘yinda «Manchester Yunayted» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer Ligasining 34-turidan o‘rin olgan qoldirilgan bahsda «Manchester Yunayted» va «Liverpul» jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida Brunu Fernandesh mankunianlarni oldinga olib chiqdi. Bunga «qizillar» uchta gol bilan javob qaytardi: 34-daqiqada Diogu Jota muvozanatni tiklagan bo‘lsa, Roberto Firmino birinchi bo‘lim so‘nggi va ikkinchi bo‘lim boshida ikkita gol urib, muvozanatni «Liverpul» tomonga burdi.

68-daqiqada Markus Reshford maydon egalarining ikkinchi golini urdi. uchrashuv yakunlanishi arafasida Muhammad Saloh jamoasining qarshi hujumini muvaffaqiyatli yakunlab, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 2:4.

Ushbu g‘alabadan keyin «Liverpul» ochkolarini 60 taga yetkazib olgan holda 5-o‘ringa ko‘tarildi. Bitta zaxira o‘yinida ega Yurgen Klopp shogirdlari 4-pog‘onadagi «Chelsi»dan 4 ochko ortda qolmoqda. «Manchester Yunayted» esa 70 ochko bilan 2-o‘ringa joylashgan.

APL, 34-tur
13 may, payshanba
«Manchester Yunayted» — «Liverpul» 2:4
Gollar: 1:0 – 10 Brunu Fernandesh, 1:1 – 34 Diogu Jota, 1:2 – 45 Firmino, 1:3 – 47 Firmino, 2:3 – 68 Reshford, 2:4 – 90 Saloh.
«Manchester Yunayted»: Henderson, Shou, Lindelyof, Bayi (Matich, 86), Uan-Bissaka, Maktominey, Pogba, Fred (Grinvud, 63), Brunu Fernandesh, Kavani, Reshford.
«Liverpul»: Alisson, Fillips, Uilyams, Aleksander-Arnold, Robertson, Fabinyo, Veynaldum (Jons, 74), Saloh (Uilyams, 90), Tiago Alkantara, Diogu Jota (Mane, 74), Firmino.
Ogohlantirishlar: Bayi (48), Maktominey (79), Kavani (85).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 05:17, 14.05.2021.
O'qildi: 7208 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик