Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

«Lester»ning Angliya kubogidagi g‘alabasi haqida: Ota o‘g‘il — Ayyavat

«Lester»ning Angliya kubogidagi g‘alabasi haqida: Ota o‘g‘il — Ayyavat

Baho:
+ | -

2018 yil. 27 oktyabr
   
APL 10-turi doirasidagi “Lester Siti” – “Vest Hem” o‘yinidan chamasi 30 daqiqa o‘tib mezbon klub prezidenti, taylandlik milliarder Vishay Shrivaddxanaprabxa (darhol o‘qiy olmagan bo‘lsangiz ranjimang, o‘zi qiyin ism-sharif) o‘tirgan vertolyot 130 metr balandlikdan King Power stadioni avtoturargohiga qulab tushdi. Uchoq bortida bo‘lgan besh nafar kishi halok bo‘ldi...

Bu voqeadan ikki yarim yil ilgari Vishay Angliya futboli tarixidagi eng yorqin hodisalardan biriga mualliflik qilgandi, deyilsa mubolag‘a bo‘lmaydi. U “Lester ertagi”ning Gans-Xristian Anderseni edi. 2010 yilda kichik o‘g‘li Ayyavatning so‘zlariga ishonib APL klubini xarid qilgan milliarder keyinchalik qaror to‘g‘ri bo‘lganini tushunib yetdi.

Ayyavat Angliyada o‘qigan va ilk bor futbol ko‘rish uchun stadionga tushganida bu “Lester”ning o‘yini bo‘lib chiqqandi. So‘ng oilaviy kengashda biznesni xalqaro miqyosda rivojlantirish uchun reklama kampaniyasi boshlash masalasi ko‘tarilganda Ayyavat APLdan klub xarid qilish va bu klub “Lester Siti” bo‘lishi uchun kurashdi. Ota Shrivaddxanaprabxa rozi bo‘lgach kelishuv imzolandi. O‘sha vaqt oila klub uchun 40 mln. funt sarfladi. Chempionlik ortidan esa jamoaning qiymati o‘n baravarga ortdi. Garchi o‘z mamlakatidagi hukumatga yaqinligi ortidan, davlat taqdim etgan o‘ta bahsli imtiyozlar tufayli boylik to‘plagan bo‘lsada uni Angliyada shunchaki zaif, ammo ayni vaqtda tarixiy bir klubni orzu tomon olib borgan qariya sarmoyador sifatida sevishardi.

Fojiadan so‘ng klubdagi ishlar Ayyavatning o‘ziga qoldi. Voqea yuz bergan mavsum klub 9-o‘rin bilan turnirni yakunladi. Bu vaqtda Brendan Rodjers jamoada ish boshlab ulurgan va unga chegarali bo‘lsada kerakli xaridlarni amalga oshirish imkoni taqdim etilgandi. Keyingi mavsum “Lester” to‘rtlikka yaqin keldi-yu, yakunda “Chelsi” va MYU maqsadga yetib, “tulkilar” CHL ro‘yxatidan tushib qolishdi. Joriy mavsumda esa kurash davom etyapti. To‘rtlikdagi o‘rin uchun raqobatchilar “Chelsi” va “Liverpul”.

2021 yil. 15 may

Kecha jamoa Angliya kubogi finalida Roman Abramovich klubini mag‘lub etgach, bosh sovrinni bag‘riga o‘zgacha mehr bilan bosib turgan Ayyavatning surati britan matbuotida ko‘p aylandi. U otasining ishini munosib davom ettirayotgan o‘g‘il ekanini ko‘rsatishga uringan-u, bu titul bilan maqsadiga yetgandek edi. Haqiqatda yaxshi tasvir.

Angliya futboli shunday jihatlari bilan qiziq.

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 07:02, 16.05.2021.
O'qildi: 3918 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.