Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Didye Siks: «JCH – gvineyaliklarning asl orzulari»

Didye Siks: «JCH – gvineyaliklarning asl orzulari»

Baho:
+ | -

Gvineya futbolida O‘zbekistonnikiga o‘xshash tomonlari bor. Deylik, gvineyaliklar hozirga qadar U-20 (2 marta) va U-17 (4 marta) toifasidagi kichik mundiallarda naq 6 marta ishtirok etishgan, ammo mamlakat milliy jamoasi uchun JCH final bosqichi hamon armon bo‘lib qolmoqda. Didye Siks boshqaruvidagi Syli Nationale Qatar-2022 saralashida Marokash, Sudan va Gvineya-Bisau termalari joy olgan guruhda o‘ynaydi. Fransiyalik mutaxassisning FIFA rasmiy saytiga bergan intervyusida baralla aytishicha, gvineyaliklar bu safar mamlakat futboli tarixida yangi sahifa ochishga qodirlar.

- Janob Siks, avvalo, Gvineya milliy jamoasiga qisqacha tavsif bersangiz...

- Aslida bu yerda menga qadar ishlaganlarni tanqid qilishim o‘rinli emas, lekin Konakriga kelganimdayoq ularning muammolarga duch kelishgani shundoq sezilib turgandi. Umuman, Gvineya milliy termasi sportga daxlsiz masalalar ortidan qiynalgan. Demoqchimanki, Gvineyada futbol saviyasi chakki emasdi, faqat tartibni yo‘lga qo‘yish talab etilardi. O‘ylaymanki, 2019 yildan buyon bu borada ma’lum ishlarni amalga oshirdik.

- Gvineya yoshlar va o‘smirlar termalari jahon miqyosida sezilarli natijalarga erishgan, ammo milliy jamoa haligacha JCH final bosqichiga chiqolmadi. Sizningcha, bu nima bilan bog‘liq?

- Futbol uchun oddiy holat... Jahonda hali JCH yuzini ko‘rmagan kuchli jamoalar yetarlicha topiladi. Mundial saralashi - jiddiy sinov. Ayniqsa, Afrikada. Misol uchun, 5ta yo‘llanma uchun AFKga a’zo 54ta jamoaning barchasi da’vogar hisoblanadi.

- Xo‘sh, gvineyaliklarni nihoyat, JCH final raundiga boshlay olasizmi?

- Bu butun Gvineyaning asl orzusidir. Mamlakat futbol federasiyasi bilan tuzilgan shartnomamda Qatar-2022ga chiqish xususida band yo‘q, shunga qaramay, bosh maqsad aniq - gvineyaliklarni jahon miqyosiga olib chiqish.

- Jamoangiz saralash guruhida Marokash, Sudan va Gvineya-Bisau termalariga qarshi o‘ynaydi...

- Qog‘ozga qarasak, Marokash va Gvineya termalari favorit, ammo bu hech nimani anglatmaydi. Sudan va Bisau termalari ham oxirgi yillarda ancha rivojlandi. Deylik, Gvineya-Bisau termasi bilan o‘yinlar derbi maqomida va ularning oson kechmasligi aniq. Ixtiyo­rimda Nabi Keyta, Amadu Diavara va Medi Kamara kabi yevrofutbol havosidan bahra olayotgan yigitlar bor. Shunday ekan, ishonch yetarli, tarixni yangilashga umid katta.

- Nabi Keyta «Liverpul»da ko‘p o‘ynayotgani yo‘q, lekin hamon gvineyalik eng yaxshi futbolchi bo‘lib turibdi. Jamongiz o‘yini unga nechog‘li bog‘liq?

- Butun boshli jamoani muayyan futbolchi atrofida shakllantirish yaramaydi. To‘g‘ri, Nabi Keyta sehrli oyoqlarga ega va o‘ylaymanki, sardor sifatida yetakchilik rolini qoyillatadi. Bunday ijrochi - murabbiyning baxti.

- Ayni payt Konakrida yashab, mahalliy futbolni muntazam kuzatib boryapsiz. Gvineyaliklarning xuddi Jazoir, Gana, Kot-d~Ivuar va Marokash vakillari kabi yevrofutbolga keng talpinishlariga nima yetishmayapti, sizningcha?

- Mahalliy yigitlar texnik tomondan juda kuchli, ammo ularning nazarga tushishlari uchun milliy jamoa yaxshi natijalarga erishishi kerak. Ha, mamlakatda saviyali klublar bor, ammo o‘yinchilarning yevrofutbol nazariga tushish-tushmasliklari asosan milliy jamoa natijasiga bog‘liq, baribir.

- Sizningcha, Afrikaning qaysidir jamoasi Qatar-2022 mundialining yakuniy bosqichlariga chiqishi mumkinmi?

- Nega chiqolmasligi kerak? Afrika futboli katta potensialga ega, qolaversa, oxirgi yillarda mentalitet sezilarli darajada o‘zgardi. Unutmaslik kerak, hozir Yevropaning kuchli ligalarida afrikalik futbolchilarning katta guruhi bor. Deylik, Jazoir va Marokash termalari tarkibi chakki emas, yana Misr, Gana, Kot-d~Ivuar jamoa­lari ham ko‘p ishlarga qodir.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:30, 16.05.2021.
O'qildi: 2567 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.