Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Superliga. 9-tur o‘yinlarini translyasiya qiladigan kanallar ma’lum bo‘ldi

Superliga. 9-tur o‘yinlarini translyasiya qiladigan kanallar ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Ketma-ket uch kun davomida Coca-Cola Superliga klublari 9-tur doirasida maydonga chiqadi. "Sport-TV" va "Dunyo bo‘ylab" sizga uchrashuvlarni namoyish etadi.

Xabaringiz bor, sara futbolchilar shu bilan MTJ yig‘iniga kiradi va chempionatda salkam 1 oylik tanaffus yuzaga keladi. Buyog‘iga barcha Yaman, Singapur, Saudiya Arabistoni kabi raqiblar haqida o‘ylashni boshlaydi. Tanaffusga esa hamma yaxshi kayfiyatda chiqib ketishni istaydi.

Bugun "Andijon" muxlislari stadionda yaxshi atmosfera o‘rnatishlariga shubha yo‘q. Bu "Lokomotiv"ga qanday ta’sir qiladi?

Mag‘lub etish qiyinlashib ketgan "So‘g‘diyona" o‘zbek futboli vatanida mehmon bo‘ladi. "Bunyodkor" stadioniga esa sekin-asta o‘ziga kelayotgan "Navbahor" tashrif buyuradi.

Qosimov shogirdlari Qosimov futbolchilik karyerasining so‘nggi yillarida gullatgan Muborakka boradi. "Turon" polshalik mutaxassis bilan ilk uchrashuvni Termizda o‘tkazadi. "Paxtakor" esa Navoiyda mehmon.

Faqatgina "Nasaf" OFK kubogida ishtiroki sabab mazkur turni qo‘yib yuboradi.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 10:05, 17.05.2021.
O'qildi: 6810 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик