«Roma» yaqinlashayotgan yozda «Nyukasl» vingeri Allan Sen-Maksimenni sotib olishga harakat qilib ko‘radi.
Ushbu transferga rimliklarning yangi murabbiyi Joze Mourinyo shaxsan qiziqmoqda. U Allanning o‘yinlarini APLda payti diqqat bilan kuzatgan.
«Nyukasl» o‘z futbolchisi uchun kamida 40 million yevro talab qiladi. Ushbu mavsum Sen-Maksimen 24 ta o‘yin o‘tkazdi va 3ta gol urib, 5 ta golli pas berdi.
Bundan tashqari, Mourinyo «Brayton» himoyachisi Ben Uaytning transferini ham amalga oshirmoqchi.