Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 23:45 Kalyari 2-3 Fiorentina
24/05 23:45 Jenoa - Bolonya
25/05 00:00 Jirona - Granada
25/05 17:00 Osasuna - Vilyarreal
25/05 19:15 Real Sosyedad - Atletiko
25/05 21:00 Yuventus - Monsa
25/05 21:30 Almeriya - Kadis
25/05 21:30 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
25/05 23:45 Milan - Salernitana
26/05 00:00 Real Madrid - Betis

Yozda "Real"ni tark etishi mumkin bo‘lgan 10 nafar futbolchi nomi ma’lum

Yozda "Real"ni tark etishi mumkin bo‘lgan 10 nafar futbolchi nomi ma’lum

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yozgi transferlar oynasida bir qator futbolchilarni transferga qo‘ymoqchi. Florentino Peres jamoaga o‘zgarish kerakligiga amin va Chempionlar Ligasi yarim finalidan chiqarib yuborilgandan so‘ng, u bu fikrni kuchaytirdi. Bir necha oydan beri transferlar, asosiy pozisiyalarni o‘zgartirish, shuningdek, futbolchilarni sotish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, ularning yordamida ish haqi byudjetini qisqartirish va jiddiy xaridlarga tayyorgarlik ko‘rish mumkin. Madrid klubida transfer qilinishi mumkin bo‘lgan 10 nafar futbolchi mavjud.

Eden Azar (30 yosh)

Belgiyalikning transferi klub tarixidagi eng qimmat хarid edi, ammo ikki mavsum Madriddagi faoliyatidan so‘ng u ketishi mumkin. "Real" uni cheksiz jarohatlar davrida qo‘llab-quvvatladi, ammo Eden maydonga qaytgach, uning o‘yinlari umidlarni oqlamadi va muddat tugadi. Bundan tashqari, madridliklar Chempionlar Ligasini tark etganidan keyin futbolchining xatti-harakatidan g‘azab otiga mindi. Endi Azar 33,1 million yevroga baholanmoqda va agar madridliklar yaxshi taklif olishsa, uni qo‘yib yuborishi mumkin.

Rafayel Varan (28 yosh)

Varanda «Madrid» klubida ko‘proq pul ishlashga umid qilmoqda. Uning xizmatiga ko‘plab Yevropa gigantlari qiziqish bildirmoqda va fransuz o‘zini boshqa chempionatda sinab ko‘rish imkoniyatiga ijobiy qaraydi. «Manchester Yunayted», «Chelsi» va «PSJ» 70 million yevroga baholanayotgan futbolchi uchun kurash olib borishmoqda.

Garet Beyl (31)

«Real» uelslik futbolchiga umid bog‘lamayapti, klub iloji bo‘lsa uni sotmoqchi yoki uni ijaraga qaytarib bermoqchi. Avvaliga bu qarz berishning yagona imkoniyati bo‘lib tuyuldi, ammo Garet so‘nggi paytlarda Premyer-Ligada yaxshi o‘yin namoyish etmoqda, shu sababli klub hamon bundan pul ishlashga umid qilmoqda. Beyl 10,7 million yevroga baholanmoqda.

Marko Asensio (25 yosh)

Asensioning ishi alohida. Madridliklar keyingi mavsumda unga umid bog‘lashmoqda, ammo klub Markoga Yevropa gigantlari katta qiziqish bildirishini ham tushunmoqda va agar futbolchining o‘zi rozi bo‘lsa, uni sotish haqida o‘ylamoqda. «Yuventus» da’vogarlari orasida yaqqol favorit. Italiyaliklar Asensioga ancha vaqtdan buyon qiziqish bildirmoqda. Futbolchining narxi 41,9 million yevroga baholanmoqda.

Luka Yovich (23 yosh)

Serbning transferi madridliklar rahbariyatining umidlarini oqlamadi. Ushbu mavsumda klub uni «Ayntraxt»ga ijaraga berdi, ammo Luka u yerda ham o‘zini ko‘rsata olmadi. Madridliklar uni yozda sotishni va ikki yil avval transferga qo‘yilgan mablag‘larning bir qismini qaytarishni rejalashtirmoqda. Endi Yovchning narxi 25,9 million yevroga baholanmoqda.

Isko (29 yosh)

Iskoning Madridga safari yakuniga yetdi. Katta ehtimol bilan futbolchi «Sevilya»da faoliyatini tugatadi. Xulian Lopetegiga uning o‘yinlari yoqadi, terma jamoani ham, "Real"ni ham boshqarib, uning rahbarligida Isko o‘zining eng yaxshi futbolini namoyish etdi. Ayni damda Iskoning narxi 11,6 million yevroga baholanmoqda.

Marselo (32 yosh)

Braziliyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2022 yil yozida tugaydi. Shu sababli, madridliklar yozda uni sotib yuborishni niyat qilgan. Klub Marseloning jamoada qolishini Migel Gutyerresning rivojlanishiga xalaqit berishi mumkin deb hisoblamoqda. 33 yoshli himoyachi 5.4 million yevroga baholanmoqda.

Dani Cebalyos (24 yosh)

Madridliklar La Ligaga qaytishni istagan Sebalyosning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatmoqdalar, ammo endi ijara haqida gap bo‘lishi mumkin emas, faqat sotish. Madridliklar bu imkoniyatdan qochmaydi, garchi ular Sebalyos kelajakda klubning asosiy o‘yinchisiga aylanishi mumkinligiga ishonishsa ham. 25 yoshli yarim himoyachi 30 million yevroga baholanmoqda.

Mariano Dias (27 yosh)

Madridliklar uni o‘tgan mavsumda sotmoqchi edi, ammo futbolchining katta maoshi (4 million evro) muammoga aylandi. Mariano Lionga qaytishi mumkin, u yerda futbolchi ajoyib mavsumlar o‘tkazgan. Uning transfer qiymati 6,4 million yevroni tashkil etadi.

Borхa Mayoral (24 yosh)

Borxa bu ro‘yxatdagi kelajagi Madridga bog‘liq bo‘lgan yagona futbolchi. Zidan unga umid bog‘lamoqda, ammo jamoadagi hujumchilarning yuqori raqobati Borxani saqlab qolishga imkon bermaydi. Futbolchi «Roma»da ikki mavsumni ijarada o‘tkazmoqda. Italiyaliklar uni bu yozda 15 million yevroga va keyingi yozda 20 million yevroga sotib olish huquqiga ega. Ushbu miqdor uning asl qiymatdan pastroq hisoblanadi. Mayoralning transfer bahosi 25,8 million yevroni tashkil etadi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 17:07, 18.05.2021.
O'qildi: 16767 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.