Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/03 00:45 Lasio 2-1 Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol 1-1 Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi 3-0 Andijon
10/03 19:45 Mash’al 0-2 Qizilqum
10/03 20:30 Paxtakor 0-2 Navbahor
10/03 22:45 Galatasaroy 1-0 Liverpul
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon - Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro - Xorazm
11/03 22:45 Bayer - Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt - Sporting
12/03 01:00 PSJ - Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid - Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Erik Garsiya: "Biz "Chelsi"ni mag‘lub eta olamiz, agarda..."

Erik Garsiya: "Biz "Chelsi"ni mag‘lub eta olamiz, agarda..."

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya jamoasi "Chelsi"ga qarshi Chempionlar Ligasi finali oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Chempionlar Ligasi finalida Premyer-liga ishtirokchisi bo‘lmagan, boshqa raqib bo‘lishi yaxshi emasmidi?

- Final uchun raqib tanlanmaydi. Ular shunchaki ushbu uchrashuvga borib, g‘alaba qozonishadi. Boshqa variantlar yo‘q.

Bilasizmi, agar menga besh yil oldin shunday vaziyatga tushib qolishimni aytishganida, men ishonmagan bo‘lardim. Haqiqatdan, men buni bolaligimda orzu qilardim. Ammo bu shunchaki orzu edi. Mana, mening orzuim amalga oshmoqda.

Shuning uchun men boshqa raqib bo‘lganda yaxshi edi deb ayta olmayman.

- "Chelsi"ga qarshi so‘nggi ikki uchrashuvda mag‘lub bo‘ldingiz. Bu shubha tug‘diradimi yoki...?

- Albatta, biz "Chelsi"ni juda qiyin raqib ekanligini bilamiz. Ammo, bu holat bizni cho‘chitmaydi. "Siti" iloji boricha, o‘z o‘yinini ko‘rsatishga harakat qiladi. 

Ikkala jamoa ham bir-birlarini juda yaxshi bilishadi, chunki biz bitta ligada o‘ynaymiz. O‘ylaymanki, "Chelsi" biz bilan so‘nggi o‘yinlarda ikkita g‘alabaga erishganiga qaramay, eng yaxshi futbolimizni namoyish etsak, ularni mag‘lub eta olamiz.

O‘ylaymanki, biz haqiqiy "Manchester Siti" bo‘lishimiz va xatolarga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak, chunki finalda hamma narsani mayda detallar hal qiladi. Menimcha, g‘alabaning kaliti shu: "Siti" haqiqiy o‘yinini ko‘rsatish kerak.  Jamoaviy futbol o‘ynashi, birgalikda hujum qilishi va himoyalanishi kerak”, - dedi Garsiya.

Chempionlar ligasi finali bugun tungi 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 18:12, 29.05.2021.
O'qildi: 3420 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.