Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Diyor Imomxo‘jayev: Aguero — «Barselona» uchun yaxshi yurish

Diyor Imomxo‘jayev: Aguero — «Barselona» uchun yaxshi yurish

Baho:
+2 | -

Aguero — "Barselona" uchun yaxshi yurish. Jamoa boshqaruviga Laportaning kelishi bunda muhim omil.

Birinchidan, Aguero "Barselona" uchun otning kallasidek pulga tushmadi. Aguero kataloniyaliklar safida "Siti"dagidan kamida uch marta kamroq maosh oladi, bu ham klubning yaqin ikki yillikdagi moliyaviy holatiga katta yordam beradi. Uchinchidan, Agueroning kelishi, har asabi buzilganda biror narsa bilan ovunishi shart bo‘lgan Messi uchun ham ahamiyatli. Shuningdek, bu boy berilgan Suares o‘rni uchun kompensasiya hamdir.

Boshqaruv muhim ahamiyatga ega. Laporta kamroq chiqim bilan ko‘proq yutishga intiladi. Uning prezidentga aylanishiga Gvardiola befarq qarab turmaydi. Chunki Laporta klub akademiyasi jahon cho‘qqisiga chiqishida katta mehnat qilgan. Pepning kayfiyati, Messining bor ekani kabi masalalar Agueroni puldan ko‘ra qadrliroq narsalar haqida bosh qotirishiga olib kelishi tushunarli. Nima demoqchiman, kamida yana 3-4 yil davomida "Barselona" Messi, Gvardiola, Xavi kabi yulduzlar kayfiyati bilan hisoblashishi shart. Ularning ayrimlari bugun "Barsa" bilan emasligi hech narsani anglatmaydi, chunki klub fitratidan ularni shunchaki o‘chirib tashlashning imkoni yo‘q.

Aguero Manchester jamoasida tarix yozdi, nafaqat klub, balki APL rekordlarini yangilab tashladi, juda katta daromad qildi, u ko‘p narsaga erishdi, TOP maqomini doim o‘zi bilan olib yurdi. Ketar chog‘ida klubning eng oddiy ishchisiga qadar qimmat soatlar sovg‘a qildi, omadlilar mashinalik bo‘ldi, bonusiga ishchilar pul ishlab oldi. Aguero nafaqat erishgan natijalari, balki xulqi bilan ham "Siti"da o‘zi uchun haykal qo‘yib ketdi. Uning endigi vazifasi Argentinaning tarixiy futbolchisiga mushkul soatlarida yordamlashish. Shu joyiga do‘st bo‘lsang yonimda tur taronasi, xullas.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 11:23, 03.06.2021.
O'qildi: 4594 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.