«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh muxlislar talqiniga ko‘ra APLning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.
28 yoshli misrlik o‘tgan mavsum Premyer-ligada 37 ta uchrashuv o‘tkazib, 22 gol va 5 ta golli pasni amalga oshirdi.
«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Kevin de Bryuyne futbolchilar versiyasiga ko‘ra mavsumning eng yaxshi futbolchisi, uning jamoadoshi Ruben Diash esa jurnalistlar va Premyer-liga sayti versiyasiga ko‘ra eng yaxshi futbolchi deya e’tirof etilgan edi.