Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Nega AGMK va Paxtakor ikki uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazishi kerak?

Nega AGMK va Paxtakor ikki uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazishi kerak?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xayrulla Xoliqovning projektorlar sabab o‘z maydonida o‘yin o‘tkazmayotgan jamoalar borasidagi maqolasini o‘qidim. Nega AGMK va Paxtakor ikki uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazishi kerak, degan xaqli savolni qo‘ygan va muxlislarni PFL manzili tomon qayragan.

PFL tarixda birinchi marta projektorlar masalasiga qattiq turib, 4 ta klubni yozgacha ogohlantirdi va yakunda o‘yinlarni boshqa stadionlarga ko‘chirdi. Mash’al Turon bilan kelishdi va o‘yinlar ketma-ketligini almashdi. PFL jamoalarga qulay bo‘lishi uchun, bunga rozilik berdi. Chunki bir klubni ikki marta jazolash ham to‘g‘ri ish emas. Qo‘qon klubi Yaypandagi stadionni tanladi, ikki tomon o‘rtasidagi iliq aloqalarni inobatga olsak, bu yerda hech qanday muammo bo‘lmaydi, masofa ham juda yaqin.

Andijon va Surxon esa raqiblari bilan kelishib, PFLga taklif bilan chiqdi. Xuddi Mash’al bilan bo‘lgani kabi, PFL ularning taklifiga ham qarshi borgani yo‘q. Chunki Paxtakor va AGMK raqiblarining o‘yinni tashkil etish bilan bog‘liq ayrim harajatlarini ko‘tarib beradi. Tez orada projektor olib kelishi shart bo‘lgan klublar esa hozir har bir tiyin pulini o‘lchaydigan vaqt. Aytaylik, Andijon o‘yinni Namanganda o‘tkazishi uchun, o‘yinni tashkil etish bilan bog‘liq harajatlardan tashqari, stadion uchun ham alohida ijara haqi to‘lab berishi kerak bo‘lardi. Yig‘inlarini ko‘pincha Toshkentda o‘tkazadigan Surxon esa Bunyodkor yoki Lokomotiv stadionlariga Chempionlar ligasi sabab tegina olmaydi.

Biz shunday ishlayabmizki, nasib bo‘lsa kelasi mavsum Superligada projektorsiz o‘ynaydigan klubning o‘zi qolmaydi. Qo‘qon va Surxon allaqachon harakatni boshladi, tez orada Andijon va Mash’aldan ham yangilik eshitsak kerak. Superligaga ehtimoliy chiqishi mumkin bo‘lgan Buxoro, Neftchi, Dinamo klublarida projektor yaxshi, Olimpik rahbarlari ham shu yozning o‘zida projektorni sozlashga va’da bergan.

Biz ishlayabmiz. Xayrulla Xoliqovda kontaktim bor, qo‘ng‘iroq qilib sababini so‘rasa, albatta tushuntirib bergan bo‘lardim. Yaxshi jurnalist avval surishtiruv o‘tkazadi.

P.S. Yuqorida haqli savolni o‘rtaga tashlagan dedim, aslida bir klubning biror raqibni ikki marta o‘zida qabul qilishi, qolgan jamoalarga nisbatan u qadar to‘g‘ri ish emas. Ammo klublarning moliyaviy holatini aniq bilib turib ham robotga aylanib olmadik. Bu yerda asosiy faktor, klublar moliyaviy tarafdan iqtisod qilib, o‘zlari shunday taklifni berayotganidir. Biz kundan-kunga murakkabliklarni yengishga harakat qilyapmiz.

Manba: diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 19:08, 27.06.2021.
O'qildi: 1607 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.