Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe - Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Messi hech kimga hech narsani isbot qilishga majbur bo‘lmagan bir futbolchi

Messi hech kimga hech narsani isbot qilishga majbur bo‘lmagan bir futbolchi

Baho:
+ | -

Sanoqli soatlardan so‘ng faoliyatidagi eng muhim o‘yinni o‘tkazadigan Messi...

Odatda yirik shaxslarning qadri va ta’sir ko‘lami ular ko‘pchilikning diqqat markazida bo‘lib turgan davrda boricha ko‘rinmaydi. Ular sahnani tark etgach esa vaziyat to‘lig‘icha oydinlashadi. Futbol olamida biz kuzatayotgan so‘nggi 15 yil shubhasiz ikki dahoning o‘zaro raqobati bilan avvalgi davrlardan keskin farq qiladi.
Ertaga ulardan biri (balki hozirgacha bo‘lgan) faoliyatidagi eng muhim, balki favqulodda muhim o‘yinni o‘tkazadi.

Leo Messi

Leo hech kimga hech narsani isbot qilishga majbur bo‘lmagan bir futbolchi. Erishishi mumkin bo‘lgan barcha e’tirofga sazovor bo‘lib ulgurgan bir shaxs. Bilasizmi, ba’zida insonga tug‘ma yuqtirib berilgan iqtidorgina uning biror sohadagi komilligiga kifoya qilavermaydi. O‘sha iqtidorga yarasha undan to‘g‘ri foydalana olish layoqati ham bo‘lishi lozim odamda. Messi shu ikkisiga yetishgan kam sonlilardan ekani esa bahssiz.

Bir kuni Adriano Galliani shunday degandi: “Messi – tarixdagi eng yaxshi futbolchi. Ishoning, buni sizga Peleni ham, Maradonini ham ko‘rgan inson aytmoqda”.

Mana shu Messini butun faoliyati davomida terma jamoa miqyosida aytarli natija ko‘rsatmaganlikda, sovrin sohibi bo‘lganlikda ayblashadi. Albatta boshqa biror futbolchi milliy jamoasi tarkibida Olimpiya o‘yinlari g‘olibligi, JCH kumush medali hamda Qit’a kubogidagi 3 ta kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritsa aslo ta’na ostida qolmasdi. Biroq Leo uchun bu yutuqlar hatto yutuq deyilmasligi ham tabiiy.

2016 yil u Argentinani uchinchi bor Amerika kubogi finaliga olib chiqdi. Guruh bosqichida va pley-off o‘z zimmasiga ulkan yuklamani oldi, haqiqiy yetakchi sifatida jamoani oldinga boshladi. Ammo final... Chili... Messining seriyadagi golga aylantirilmagan penaltisi...

U hatto milliy terma jamoadagi faoliyatiga chek qo‘ygani haqida ma’lum qildi bu voqedan so‘ng. Millionlab argentinalik tarmoqlarni qo‘ya turing, ko‘chalarga chiqib uni qaytarishga urindi. Ishga davlat prezidenti Maurisio Makri aralashib – “Dunyodagi eng yaxshi futbolchiga ega bo‘lish - Bizning omadimiz va Xudo tomonidan berilgan tuhfa”, - deya bayonotlar berdi. Poytaxtda unga atab yodgorlik monumenti qad rostladi... Xullas, butun mamlakat undan qaytishni so‘radi. Va keyin u qaytdi...

Sanoqli soatlardan so‘ng Leo jamoasini Copa America finalida Braziliyaga qarshi o‘yinga boshlab tushadi. 2007 yildagi turnir finalida ayni shu jamoalar to‘qnash kelgandi. Messi 20 yosh edi-yu, lekin allaqachon asosiy tarkib futbolchi bo‘lib ulgurgan bir vaqtlar. Braziliyaliklar raqib darvozasiga 3 ta javobsiz gol urishgandi o‘sha finalda.

Revansh imkoni deysizmi? Balki... lekin, menimcha, Messi hozir terma jamoada o‘tkazgan shu vaqtgacha bo‘lgan barcha o‘yinlari uchun revansh olish uchun harakat qiladi. Raqibning Chili, Urugvay yoki Kolumbiya emas aynan Neymar boshchiligidagi Braziliya bo‘layotgani, o‘yining Rio-de-Janeyrodagi “Marakana”da o‘tkazilishi intrigani eng yuqori cho‘qqiga olib chiqadi.

Messichi? U Argentina bayrog‘ini shu cho‘qqiga ila oladimi?

 

Orif Tolipov

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 18:10, 10.07.2021.
O'qildi: 5413 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.