Italiya matbuoti "Komo" yarim himoyachisi Niko Pasning Chempionlar ligasida "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvdagi o‘yiniga yuqori baho berdi.
Sesk Fabregas boshchiligidagi jamoa Angliya klubini 4:1 hisobida tor-mor etdi. Argentinalik futbolchi ikkita gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Dribling, aldamchi harakatlar va eng yuqori saviyadagi o‘yin. Pas bir zum ham sur’atni pasaytirmadi", — deb yozdi Calciomercato nashri.
ViSport esa argentinalik yarim himoyachini "maydondagi eng yaxshi futbolchi" deb e’tirof etdi.
"Ehtimol, u Argentinada birinchi raqamli futbolchiga aylanar. Nikolas maydonda hukmronlik qilmoqda, holbuki u endigina 22 yoshda", — deyiladi TMW nashridagi maqolada.
Pasning o‘yinini Madridning "Real" klubi ham diqqat bilan kuzatmoqda. "Qaymoqranglilar" futbolchini qayta sotib olish huquqidan foydalanib, uni "Santyago Bernabeu"ga qaytarishlari mumkin.













