Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Saudiya Arabistoni Italiya bilan birgalikda JCH-2030 mezbonligi uchun ariza topshirishi mumkin

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni 2030 yilgi jahon chempionatini o‘tkazishni o‘ylamoqda. Arabiston yarim orolining eng yirik davlati boshqa davlat bilan qo‘shma ariza topshirishni rejalashtirmoqda. Italiya Saudiya Arabistonining sherigiga aylanishi mumkin, deb yozmoqda The Atletic.

AQSHda joylashgan Boston Consultancy Group konsalting kompaniyasi Saudiya Arabistoniga yordam beradi va hamkorlikning turli xil variantlarini taklif etadi. Ulardan biri Misr va Marokash bilan qo‘shma ariza.

Ammo, ushbu variant turnirning tijorat muvaffaqiyatlari, mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’siri va musobaqa xavfsizligi bilan bog‘liq xavotirlar tufayli ehtimoldan yiroq.

Shu sababli, yevropalik sherik Saudiya Arabistoni uchun yanada foydali yechimga o‘xshaydi va Italiya eng ehtimoliy nomzod hisoblanadi.

Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik va sport aloqalari o‘rnatilgan. Shunday qilib, 2022 yil yanvar oyida Saudiya Arabistoni Italiya Superkubogiga mezbonlik qiladi.

Avvalroq Buyuk Britaniya va Irlandiya, shuningdek Ispaniya va Portugaliya qo‘shma arizalar topshirishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 19:47, 16.07.2021.
O'qildi: 4150 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик