Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Yangi mavsumda APL toji uchun da’vogarlar haqida

Yangi mavsumda APL toji uchun da’vogarlar haqida

Baho:
+ | -1

Mana, Yevro 2020 va Kopa Amerika 2021 bahslari o‘z nihoyasiga yetib, ulardagi natijalar tarix zarvaraqlaridan joy oldi. Endilikda futbol ishqibozlari yangi mavsum boshlanishini hamda klublar futboli qaytishini intizorlik bilan kutmoqda. Dunyoning eng tomoshabop ligasi bo‘lgan APL startiga ham atigi, 3 hafta vaqt qoldi. Tobora kuchayib borayotgan undagi oltilik esa, chempionlik uchun kurashishga shay holatga keltirilmoqda. Hozirda ular qizg‘in transfer ishlari bilan band va tarkiblarini yangilashlari kerak. Xo‘sh, yangi mavsumdan nimalarni kutish lozim? Chempionlik uchun da’vogarlar asosan qaysi klublar bo‘ladi? Bu savollarni quyida muhokama qilamiz.

Chempionlik poygasida biz hoxlaymizmi yo‘qmi, «Manchester Siti» birinchi bo‘lib tilga olinadi. Buni sababi juda oddiy. Ular so‘nggi uch yilda ikki marta chempionlik shohsupasiga ko‘tarilishdi. Bunda bosh murabbiy Pep Gvardiolaning xizmatlari beqiyos, albatta. Lekin ushbu mutaxassis uchun kelayotgan mavsumda tish qayrab turgan raqiblar bisyor. Ular «shaharliklar»dan kelasi yil may oyiga qadar chempionlik tojini tortib olish uchun harakatda bo‘lishadi.

Eng katta raqib sanalgan «Liverpul» himoyasi yana mustahkamlanmoqda. Virjil van Deyk safga qaytgan, qolganlar ham tiklanishda davom etmoqda. Klopp jamoasini chempionlik yilidagi kabi mukammal ko‘rinishga keltirmoqchi.
«Manchester Yunayted» o‘zining shonli davrlaridagi kabi shuhratga erishish uchun millionlarni sarf etmoqda. Tarkibi ham shunga yarasha kuchli ko‘rinishga keladi.
Yana bir xavfli raqib, «Chelsi» Yevropada tengsizga aylandi. Ungacha esa kerakli harajatlar va harakatlar amalga oshirildi. Endi «aristokratlar» mamlakat chrmpionligi uchun harakat qilib ko‘rishadi. Eng kuchli sanalgan klublar o‘rtasidagi bahsni tomosha qilish esa, muxlislar uchun eng keraklisi.

Yuqorida nomi keltirilgan klublar bir-biriga eng kuchli qarshilik ko‘rsata olish xususiyatiga ega bo‘lgan jamoalardir. Ammo shuni ham esdan chiqarmasligimiz kerakki, 2016 yildagi kabi «ertak» yozishi mumkin bo‘lgan ichki quvvatga ega klublar ham turnir jadvalida mavjud. O‘shanda bu rolni «Lester Siti» bajargan bo‘lsa, bu safar boshqa klub bu rolga da’vo qilishi ehtimoldan holi emas.

Biz hozir «Man. Siti»ni favorit deb atayotgan bo‘lsakda, o‘tgan mavsum Tomas Tuxel uning ustidan galma gal 3 marotaba muvaffaqiyat qozonganiga ko‘z yuma olmaymiz. Xuddi shu kabi, «Man. Yunayted»ni ham uchinchi yoki to‘rtinchi o‘rinda yurish joniga tekkan. Ular ham chempion bo‘lish uchun jon olib jon berishga tayyor holda startni olishi aniq. Qolaversa, yuqoridagilarga nisbatan ikkinchi eshelon jamoalari bo‘lgan «Tottenhem» va uning prinsipial raqibi «Arsenal» ham hech bo‘lmaganda Yevromaydondagi xalqaro turnirlar uchun jangga kirishini tahmin qilish qiyin emas.

Xullas, bizni olovli kurash maydoni kutadi. Bu chempionatda xattoki, jadval pastida ham hayot-mamot uchun jang kechadi. Turnir jadvalini ekvatorida boradigan klublar ham hotirjam bo‘la olmaydi, bu yerda. Zichlik, qaltislik, beqarorlik va murosasizlik ushbu turnirning doimiy hamrohi. Biz esa aynan mana shunday hodisalar uchun ham Premiyer Ligani yaxshi ko‘ramiz. Umid qilamizki, boshlanayotgan mavsum barchamizga yangi davr futbolini to‘laqonli namoyish eta oladi.

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi

Manba: stadion.uz

АПЛ ҳайрон қолдиришда давом этадиган чемпионат!

Kiritildi: 22:31, 22.07.2021.
O'qildi: 4986 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.