Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Krishtianu Ronalduning “YUventus”dagi kelajagi qanday kechadi?

Krishtianu Ronalduning “YUventus”dagi kelajagi qanday kechadi?

Baho:
+ | -

Turinning “Yuventus” klubiga Massimiliano Allegri qaytgani jamoa ichidagi muhitni butkul o‘zgartirib yubrishi aniq. So‘nggi yillar ichida Jahon futbolida yuz bergan iste’folar ichida eng g‘alatisi shubhasiz – Allegrining ketishi bo‘lgandi. Turinliklar bilan 5 marotaba “A” Seriya chempioni bo‘lgan, ikki marotaba CHL finaliga yetib borgan mutaxassis orada hech bir klubda ishlamadi. Endi esa u qaytgach kun tartibida Krishtianu Ronaldu bilan munosabatlar mavzusi yana birinchi o‘ringa ko‘tarilmoqda. Zotan, Italiya matbuotining yozishicha, 2019 yil Allegri klubdan ketar ekan prezident Anyelliga – “Ronaldudan voz kechmasang u klubga o‘sish imkonini bermaydi” – deb aytgan.

Ta’kidlanishicha, Ronaldu katta o‘yinlarda ko‘rinmay qolmoqda. “Kalyari”, “Udineze” va “Krotone” kabi klublarga qarshi gollarni “taxlab” tashlayotgan bo‘lsa, “Milan” yoki “Inter”ga qarshi u keragidek ko‘rinmayapti, deyishmoqda ayrim kuzatuvchilar.

Albatta yuqoridagi voqea mish-mish yoki jurnalistlarning fantaziyasi bo‘lishi mumkin, orada (2020 yil qishida) Allegri Ronaldu manzili tomon bir qator iliq fikrlarni ham yo‘llab bo‘ldi. Shuningdek, shu yil iyun oyida ikkisi alohida uchrashib olgani haqida ham ma’lumotlar bor. Biroq ommaga nimalar haqida gap borgani haqida hech qanday xabar sizib chiqqani yo‘q.

Ronalduning klub bilan shartnomasi 2022 yil yozida nihoyasiga yetadi. Ko‘rinishidan jamoa oldida uning imkoniyatlaridan maksimum foydalanishdan boshqa chora qolmayapti. Boisi, bozorda “KriRo” uchun munosib haq to‘lashi mumkin bo‘lgan boshqa jamoa ko‘rinmayapti. MYU va “Real” variantlari o‘yindan chiqib ulgurdi. PSJ varianti bor, ammo parijliklar Ikardi bilan almashish orqali Ronalduga ega bo‘lishmoqchi. Bu "Yuve" uchun ham, Ronaldu uchun ham qoniqarli yo‘l emas. Demak, bizni Ronaldu va Allegri hamkorligidagi eng kamida yana bitta mavsum kutmoqda.

Hozirda yaqinlari bilan ta’tilda bo‘lgan Ronaldu dushanba kuni klub ixtiyoriga qaytishi va “Berluskoni kubogi” doirasida 31 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan “Monsa”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda.  

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 06:30, 25.07.2021.
O'qildi: 3330 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик