Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Viktor Jalilov: “Jamoa sifatli o‘ynasa, natija yaxshilanaveradi”

Viktor Jalilov: “Jamoa sifatli o‘ynasa, natija yaxshilanaveradi”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 16-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Navbahor” (0:1) uchrashuvidan keyin namanganliklar bosh murabbiyi Viktor Jalilov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirdi.

— Juda shiddatli va turlicha o‘yin guvohiga aylandik. “Nasaf” har ikki bo‘limda bir nechta xavfli vaziyatlarni yaratdi, lekin ulardan foydalana olmadi. Albatta, darvozabonimiz murakkab holatlarda jamoamizni qutqardi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan futbolchilarni maydonga tushirish orqali o‘yinimizni kuchaytirdik. Qizil kartochka ham ishimizni yengillashtirdi. O‘sha vaziyatdan keyin o‘yinni nazorat qildik. Va albatta, zaxira almashtirishini omadli tarzda amalga oshirdik, kuchga to‘la futbolchi maydonga tushib, gol urdi. “Nasaf”dagi charchoq alomatlari ham o‘z so‘zini aytdi, shekilli, — dedi Viktor Jalilov.

— Avvalgi o‘yindan keyin legionerlarni tanqid qilgandingiz. Bugun esa ulardan biri gol urdi. Sizningcha, tanqid ularga ta’sir qildimi?

— Gap bizning tanbeh berishimiz yoki tanqid qilishimizda emas. Keyinchalik xotirjam tarzda gaplashib oldik, vaziyatni tushuntirdik. Kosta o‘sha o‘yindan keyin jarohat olgani sababli, so‘nggi ikkita mashg‘ulotda qatnashgandi xolos. Aftidan, hordiq unga ijobiy ta’sir qilgan shekilli, zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, bor kuchini sarfladi. Umuman olganda, ha, tanqidlar ham foyda beradi, albatta.

— Ayni payt klubning siz va futbolchilardan qarzdorligi yo‘qmi?

— Bu borada muammo yo‘q. Namangan viloyati hokimi “Navbahor” uchun astoydil qayg‘uradi, asosiy jamoadan tortib, yoshlargacha e’tibor qaratmoqda, har taraflama qo‘llab-quvvatlamoqda. Hozir klubda yo‘lga qo‘yilgan tizim bosqichma-bosqich samara keltirishiga ishonaman. Nafaqat “Navbahor”, umuman, viloyatda bolalar-o‘smirlar futboli rivoji yo‘lida o‘ziga yarasha poydevor qo‘yilgan.

— “Navbahor”ning bronza medallarini qo‘lga kiritish borasidagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

— Nafaqat bronza, balki kumush medallar uchun ham imkoniyat bor. Turnir jadvalidagi jamoalar to‘plagan ochkolarga qarasangiz, farq katta emasligini ko‘rishingiz mumkin. Ketma-ket ikki o‘yinda g‘alaba qozonganimiz uchun deylik, 4-o‘rindagi jamoa bilan farqni sezilarli kamaytirishga erishdik. Men uchun asosiysi, jamoa o‘yini sifatli bo‘lsin, shundagina natijalarimiz yaxshilanaveradi.

— Samvel Babayanning ham jamoaga yordami tegyaptimi?

— Albatta. U bilan birinchi marta birga ishlayotganim yo‘q. Natijalar va jamoaning o‘yini ham uning yordami tegayotganini ko‘rsatib turibdi, ijobiy o‘zgarishlar bor, “Navbahor” oldinga qadam tashlamoqda.

— Mutaxassis sifatida ayting-chi, bugun “Nasaf”ga g‘alaba qozonish uchun nima yetishmadi?

— Omad yetishmadi. Qolaversa, O‘tkir Yusupov bugun ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Va albatta, qisqa muddatda ketma-ket o‘yin o‘tkazishgani uchun biroz charchoq ham pand berdi, deb o‘ylayman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 22:47, 29.08.2021.
O'qildi: 2047 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик