"Milan" hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Italiya chempionatining 3-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Lasio"ga qarshi o‘yinda (2:0) o‘z hisobiga bitta gol yozdi.
"MisterChip" tarqatgan xabarga ko‘ra, shvetsiyalik futbolchi A seriyada gol urgan yoshi eng katta xorijlik futbolchiga aylandi. Ibrahimovich kecha 39 yoshu 344 kunlik edi.
Zlatan 4 oylik jarohatdan so‘ng ilk marta maydonga qaytgan edi.