Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Leoning «PSJ» uyidagi debyuti haqida

Leoning «PSJ» uyidagi debyuti haqida

Baho:
+ | -

Kuni kecha Lionel Messi parijliklar uyi – «Park de Prens»da o‘z debyutini o‘tkazdi. U hali yangi jamoasida gol urganicha yo‘q, ammo kechagi o‘yinda o‘zining to‘p bilan mohirona harakatlarini hali yo‘qotmaganini ko‘rsatib qo‘ydi. Yakshanba tunida Messi jamoasiga ko‘nikkani yaqqol sezildi. Stadion esa argentinalik sehrgarni ko‘rish uchun kelgan muxlislar toshqinidan larzaga kelgan edi. Shunday bo‘lsa ham, Messining «PSJ»dagi faoliyati unchalik ham muvaffaqiyatli chiqdi deya olmaymiz. Bunga misol qilib Fransiya chempionatidagi ilk o‘yini bo‘lgan «Mes» bilan bahsda(24 daqiqa maydonda harakat qilgan) hamda 1-1 hisobida yakunlangan «Bryugge»ga qarshi to‘liq to‘qson daqiqalik o‘yinidagi harakatlarini keltirish mumkin. Harxolda, boshqa katta yulduzlarga taqqoslaganda, shunday(Ronaldu hayolga keladi). Leoning almashtirilgandagi Pochettino bilan sodir bo‘lgan yoqimsiz hodisa esa, futbolchining beqaror ruhiyatidan darak berib turibdi.

Kechagi, «Lion»ga qarshi to‘qnashuvda Parij klubi safida Neymarning hisobni tenglashtirgan penaltisi hamda Mauro Ikardining so‘nggi daqiqadagi goli jamoani yangi mavsumdagi 100 foizlik natijasini ta’minlab berdi. Bu natijaga erishilishida Messining kammi-ko‘pmi ijobiy ta’siri ham bo‘ldi, albatta. Xususan, kechagi o‘yinda Messi 75 daqiqa harakat qilgan bo‘lsa, ana shuncha vaqt davomida o‘z jamoasi uchun vaziyatlar yaratishda bosh manbaa bo‘ldi. U to‘pni nazorat qilish, maydonni ko‘ra bilish hamda keskinlik hosil qilishda hamon o‘sha darajada turibdi. Argentinalik, qolaversa maydon markazida Anre Erreyra va Idrissa Geye bilan birga oldingi chiziqdagi uchta futbolchi uchun to‘p yetkazib berishni yetakchilikni o‘z qo‘liga olgan edi. U bergan uzatmalar raqib himoyasida sarosimalar keltirib chiqardi. «PSJ» himoyasida ham Messi munosib harakat qildi va parijliklarning to‘rtta himoyachisi uchun ko‘mak berib turdi. Jamoasi hujum qilgan paytda esa oldi chiziqdagi bo‘shliqlarga intildi va Neymar bilan yaxshi juftlik hosil qila oldi. Bu bilan Leo raqib darvozaboni Antoni Lopeshni ancha qiynadi.

6 karra «Oltin to‘p» sohibi kecha o‘z o‘yinini namoyish etdi deya olmaymiz. Lekin jamoaga ancha moslashib qolgani yaqqol sezildi. Chunki uni maydonda borligi bilindi. Negaki, «PSJ» o‘yinida o‘ta yuqori darajadagi ijodkorlik paydo bo‘lgandi. Shunga qaramay bosh murabbiy Maurisiyo Pochettino o‘yin tugashiga 15 daqiqa qolganida Messini almashtirdi. Bu esa futbolchiga yoqmagani aniq edi va buni namoyishkorona ko‘rsatib qo‘ydi. Garchand Messi 3 ta o‘yinda maydonga tushib, hali gol urishga ulgurmagan bo‘lsa ham, kechagi bahs bunga ko‘p vaqt ketmasligini ko‘rsatib qo‘ydi. U gol uradi, tez orada gol uradi. Buni barchamiz birgalikda guvohi bo‘lamiz...

 


ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 21:18, 20.09.2021.
O'qildi: 5852 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.