Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Husayn Norchayev: «Gollarimni muxlislar va oila a’zolarimga bag‘ishlayman»

Husayn Norchayev: «Gollarimni muxlislar va oila a’zolarimga bag‘ishlayman»

Baho:
+ | -

OFK Kubogi-2021 hududlari yarim final bahsida «ajdarlar» Hindistonning «Mohun Bagan» jamoasini qabul qildi va yirik 6:0 hisobida g‘alaba qozonib musobaqaning keyingi bosqichiga chiqdi. Bellashuvda uchta gol kiritib musobaqa to‘purariga aylangan Husayn Norchayev bellashuv haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

«Avvalambor barchani muhim g‘alaba bilan tabriklayman. Stadionga tashrif buyurgan muxlislarning ham kechagi g‘alabada hissasi katta bo‘ldi. Muxlislar ko‘z oldida futbol o‘ynash yoqimli. O‘yin to‘liq bizning nazoratimizda o‘tdi desam ham bo‘ladi. Kerakli natijani qo‘lga kiritib keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandman.

Kechagi bellashuvda kiritgan gollarimni jamoamiz muxlislariga hamda oila a’zolarimga bag‘ishlayman. Hujumchi uchun to‘purarlar orasida bo‘lish yoqimli» - deb o‘z fikrlarini yakunladi Husayn Norchayev.

Kiritildi: 15:53, 23.09.2021.
O'qildi: 2512 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик