Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino 2-3 Lasio
29/09 17:00 Selta 1-1 Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

«PSJ» suril, «Nissa» jangga tayyor

«PSJ» suril, «Nissa» jangga tayyor

Baho:
+ | -

Hayot charxpalagi bir aylandiyu, futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan birini Fransiya chempionatiga ravona qildi. Umuman, ayni payt Liga 1da ko‘plab hayratomuz ijrochilar va murabbiylarni uchratish mumkin. Mana, Lionel Messining olamshumul kelishuvi xususidagi yangilikka o‘zgacha munosabat bildirgan «Brest» bosh murabbiyi Mishel Ter-Zakaryan fikrlariga e’tibor qarating: «Aytishlaricha, o‘ta qoloq ligada ishlayotgan ekanmiz. Biroq Liga 1 klubi Messidek futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini topdimi, demak, hammasi joyida. Uzr, aslida behuda gaplardan bezorman».

To‘g‘ri, yana bir toifa murabbiylarning megakelishuvlarga yondashuvlari tamoman o‘zgacha. Ular jahon matbuoti diqqat markazida turishganidan mamnunlar, ammo muayyan raqibning aqlga sig‘maydigan moliyaviy qudrati bilan maqtanishdan ma’no yo‘qligini ta’kidlashmoqda. Chetda turganlar xulosalariga ko‘ra ham, «PSJ»ning o‘ta kuchayib ketayotgani Liga 1 uchun ijobiy hodisot emas. Ha, «fermerlar» ligasi marketing masalasida oldinga katta qadam tashladi. Lionel Messi Parijga yo‘l olayotganida, rezina etiklarini olishni unutmagan bo‘lsa, bas. Mayli, argentinalik yulduz tanlovini bir chetga suraylikda boshqa bir muhimroq savolni o‘rtaga tashlaylik: «Leo bilan kuchaygan «PSJ»ga ichki arenada qaysi jamoalar munosib qarshilik ko‘rsatishi mumkin?» Darhaqiqat, qiziqarli va Liga 1 rahbariyati uchun dolzarb mavzu. Tushunarliki, «PSJ» chempionatdagi boshqa ishtirokchilardan yaqqol ustun edi - bu oydek ravshan masala. Lionel Messining tarkibga qo‘shilgani shu ustunlikni sezilarli darajada oshirishi ham turgan gap. Deylik, Parij grandi oxirgi yillarda naq 10 marta shohsupaga ko‘tarildi. Jamoaning o‘tgan mavsum «Lill»­ni oldinga o‘tkazib yuborgani esa - vaziyat taqozosi bilan kam uchraydigan holat. Poytaxt klubi rahbariyati bunga odatdagidek jiddiy yondashdi: xuddi oldin kuzatilgani kabi talab darajasida ishlamagan bo‘g‘inlarni tuzatish uchun yana xarajatlarga qo‘l urdi. Bunga qadar «PSJ»da bosh yulduz rolini navbati bilan Zlatan Ibragimovich va Neymar ijro etishgandi. Endi navbat Messiga keldi. Tarix takrorlanyaptimi?

Eng qizig‘i, avvalgi mavsum sensasiyasi bosh me’mori - Kristof Galtye mo‘’jizani yana bir bora takrorlashi mumkin. Faqat boshqa joyda, boshqa jamoa bilan. «Lill»­ni chempionlik sari yetaklagan murabbiy jamoada «falokat» yuz berishini oldindan his etgandek, go‘yo. Zero, o‘tgan yilning dekabr oyida klub prezidenti Jerar Lopes o‘z lavozimidan chetlatildi, tasarruf Shimoliy amerikalik sarmoyadorlar ixtiyoriga o‘tdi. Yangi sohiblar Lopesning klubni qarzdorlik botqog‘idan olib chiqishiga ishonishmadi. Bunday holatda yetakchi futbolchilar sotib yuborilishini tushunib yetgan murabbiy chempion bilan xayrlashib, «Nissa»dan qo‘nim topdi. Nima uchun aynan shu klubni tanladi? Gap shundaki, ayni payt «Nissa» Fransiyadagi eng izzattalab loyiha hisoblanadi.

«Nissa»ni 2019 yilning avgustida INEOS kimyo kompaniyasi sohibi, britaniyalik milliarder Jim Retkliff sotib oldi. Suyukli jamoalarining boyligi 16 milliard yevrodan oshgan badavlat shaxs tasarrufiga o‘tgani «Nissa» muxlislariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi, albatta. Klub savdosi «pishitilayotgan» payt bosh murabbiy vakolati Patrik Viyeyra ixtiyorida edi. Keyin birdaniga transferlar boshlanib ketdi. 47 mln. yevro evaziga Kasper Dolberg, Stenli Nsoki va Aleksis Klod-Moris jamoa tarkibidan joy oldilar. Yo‘q, «Lill»da «PSJ»ga xos shov-shuvli xaridlar kuzatilmadi: yangi sohib o‘z rejasiga binoan, ish yuritishni afzal ko‘rdi. O‘sha vaqt­dayoq milliarderning ukasi Bob Retkliff klub xaridlarni aql bilan amalga oshirishini alohida ta’kidladi: «Nissa»ga sarmoya ajratamiz, lekin moliyaviy «Feyr-pley» qoidasidan chetga chiqmagan holda, albatta. Bizga eng yaxshi akademiya, eng yaxshi skautlar, eng yaxshi sheriklar kerak». Aslida «Nissa» - keng ko‘lamli loyihaning bir qismi. O‘tmishda Shveysariyaning «Lozanna» klubi va muvaffaqiyatli «Tim Skay» velojamoasi ham INEOS tasarrufida bo‘lgan. Kelajakda britaniyalik sarmoyador yana bir klubni xarid qilish niya­tida. Sport muxlislari yangi sohibning faoliyatidan mamnunlar, lekin uning dushmanlari ham yetarli. Masalan, ayrimlar INEOS kompaniyasi atrof-muhit ekologiyasini himoya qilish qoidalariga rioya qilmasligini aytib, Retkliff sportga sarmoya kiritish bilan o‘z obro‘sini tiklashga urinayotganini ta’kidlashmoqda. Muhimi, «Nissa» faoliyatidagi ijobiy o‘zgarishlar barqaror davom etmoqda. Jamoa 2019|2020 yillar mavsumida 5-o‘rinni egallab, YEL saralash bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Biroq o‘sha mavsum Liga 1 o‘yinlari pandemiya tufayli 28-turdan keyin to‘xtab qoldi. Jamoa yozda yirik transferlarni amalga oshirmagan bo‘lsada, tarkibini ancha kuchaytirdi. E’tiborli tomoni, biror futbolchi xaridiga 10 mln. yevrodan ortiq mablag‘ sarflanmadi. «MYU»ning sobiq yarim himoyachisi Morgan Shnayderlinni hisobga olmaganda, faqat yosh futbolchilar bilan kelishuvga erishildi. Ular orasida Amin Guiri noyob iqtidori bilan ajralib turdi. To‘g‘ri, «Nissa» ichki musobaqalarda ham, xalqaro arenada ham talab darajasida o‘ynay olmadi. Oqibatda jamoa dekabr oyida 11-o‘ringa tushib ketdi va Viyeyraning jamoa­dan ketishiga to‘g‘ri keldi. Uning o‘rnini egallagan Adrian Ursea ijara kelishuvi asosida taklif etilgan Jan-Kler Todibo va Uilyam Salib yordamida jamoani 9-pog‘onaga olib chiqdi.

Oxirgi transferlar darchasida esa,  INEOSning futbol bo‘limi boshqalar, jumladan, «Lill» sezilarli darajada zaiflashgan pallada jamoa tarkibini yanada kuchaytirishga qaror qildi. Liga 1 2018 yili uchrashuvlar teletran­slyasiyasi borasida Mediapro va BelN Sports bilan 1,15 mlrd. yevro (yiliga) daromad keltiradigan shartnoma tuzganida, kelishuv haqiqatdan yiroqdek ko‘ringandi. Amalda ham shunday bo‘ldi. 2020 yilning dekabrida Mediapro ortga chekinib, qiymatni 275 mln. yevroga tushirdi. Ya’ni Liga 1 ulkan tushumdan ayrildi. Biroq «Nissa» Retkliffning milliardlari soyasida ushbu moliyaviy yo‘qotishni pisand qilmay, olg‘a siljishda davom etdi. Eng yirik xarid Galtye ekanligiga aslo shubha yo‘q. Futbolchilar xususida to‘xtalsak, Todibo «Barselona»dan sotib olindi, shuningdek, Pablo Rosario va Mario Lemina, niderlandiyalik Kelvin Stengs safga qo‘shildilar. Jastin Klyuyvert «Roma»dan ijara asosida olindi. Ko‘rinib turibdiki, jamoa tarkibida Neymar yoki Messi darajasidagi futbolchilar yo‘q, ammo poydevor ancha mustahkam. Galtye esa - bosh me’mor.

«Nissa» joriy mavsumning start bellashuvida «Reyms» bilan to‘qnashib, nursiz (0:0) durang­ga imzo chekishdan o‘zga chora topolmadi. Lekin keyingi 3ta o‘yinda o‘z darvozasini ishonchli himoya qilgan holda, raqiblariga 9ta gol ulashdi. E’tiborlisi, 2-turdan o‘rin olgan «Lill»ga qarshi bahsning dastlabki daqiqasidayoq Dolberg hisobni ochdi va jamoa tanaffusga 3ta gol ustunligida chiqdi. Ikkinchi 45 daqiqalikda «Ayaks»ning sobiq hujumchisi yana bir marta amaldagi chempion darvozasini ishg‘ol etdi - 4:0. «Nissa» shundan so‘ng safarda «Marsel»ni kamtarona (1:0) hisobda mahv etdi. 4-turda esa o‘z maydonida «Bordo» darvozasiga ham 4ta javobsiz gol urdi. Bosh murabbiyning fikricha, «Nissa» hozir «Lill»ning o‘tgan mavsumdagi uslubida, ixcham 4-4-2 taktik chizmasi asosida to‘p surib, tezkor qarshi hujumlardan samarali foydalanmoqda. Xo‘sh, avvalgi mavsumda «Lill»ni chempionga aylantirgan murabbiy bu mo‘’jizani yangi ja­moada ham takrorlay oladimi? «Monako», «Lion» va «Marsel» yetakchi kvartetdan joy olish uchun asosiy da’vogarlar qatorida, «PSJ» iloji boricha ta’qibchilardan tezroq uzoqlashib, mavsumni yetakchi pog‘onada yakunlash niyatida. Ikkinchi tomondan, poytaxt klubi bu mavsum ham CHLga har galgidan ko‘proq e’tibor qaratishi ehtimoldan xoli emas. Messining asosiy maqsadi - Yevropani zabt etish!

Imkoniyat? Ozgina, ammo qanchaligidan qat’iy nazar, imkoniyat bor. «Nissa» yil sayin kuchayib bormoqda va jamoa hozir puxta reja asosida ish yuritadigan murabbiy tasarrufida. Bundan nima chiqishini esa vaqt hukmiga tashlab qo‘ygan ma’qul...

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:30, 26.09.2021.
O'qildi: 1834 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.