Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

APL. London derbisi uchun prevyu

APL. London derbisi uchun prevyu

Baho:
+ | -

Bugun APL 6-turidan o‘rin olgan «Arsenal» - «Tottenxem» bahsi o‘tkaziladi. Shu markaziy bellashuvga doir qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Bilasizmi?

«Arsenal» 2013/14 yilgi mavsumdan beri ilk bor liga doirasida «Tottenxem» ustidan ketma-ket ikkinchi bor g‘alaba qozonishi mumkin.

Aaron Remzdeyl ishtirokidagi ikkala APL uchrashuvi ham 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan. «To‘pchilar» safida dastlabki uch Premyer-Liga o‘yinida darvozasidan to‘p olib chiqmagan posbonlar ikkita: Aleks Manninger va David Ospina.

«Shporlarning» oxirgi 10 murabbiyidan faqatgina bittasi shimoliy London derbisida «Arsenal» ustidan g‘alaba qozongan (5 durang, 4 mag‘lubiyat). Ushbu g‘alaba o‘tgan yilning iyul oyida Joze Mourinyo jamoasi tomonidan qo‘lga kiritilgandi.

Xarri Keyn 11 gol biilan London derbisi tarixida eng yaxshi to‘puraru bo‘lib turibdi.

 

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Kreyg Pouson

Qanot hakamlari: Yan Hassin, Den Robatan

Zaxira hakami: Piter Benks

VAR: Styuart Atuell

VAR yordamchisi: Konstantin Hatzidakis

 

Taxminiy tarkiblar

Arsenal - Remzdeyl, Tomiyasu, Uayt, Magalyayesh, Tirni, Jaka, Parti, Saka, Edegor, Rou, Obameyang

Tottenxem - Loris, Royal, Romero, Dayer, Regilyon, Xoyberg, Skipp, Alli, Lo Chelso, Son, Keyn

 

Yo‘qotishlar

«Arsenal» safida faqat Kiran Tirni maydonga tusha olmasligi mumkin. Uning kichik jarohati mavjud.

Mehmonlar tarkibida esa Stiven Bergveyn hamda Rayan Sessenyonlar jarohat olishgani tufayli derbini o‘tkazib yuborishga majbur. Lukas Mouraning qatnashishi esa so‘roq ostida.

 

Jamoa xabarlari

Granit Jaka diskvalifikasiya muddatini o‘tadi va yarim himoya markazida Parti bilan tandemda harakatlanishi kutilmoqda.

Nikolya Pepe Smit Rou bilan raqobatda yutqazmoqda va yana o‘yinni zaxiradan boshlashi mumkin.

Bergveyn hamon safga qaytmayapti va bu ish tez orada sodir bo‘lishi qiyin, Rayan Sessenyon ham mavjud emas. Ammo, Moura qaytdi.

 

Raqamlar

«Arsenal» barcha musobaqalarda «Tottenxem»ga qarshi 27 uchrashuvning 25 tasida mag‘lubiyatga uchramagan.

«Arsenal»ning so‘nggi 6 o‘yinidan beshtasida 2,5tadan kamroq gol kiritilgan (Premyer-Liga).

«Tottenxem»ning oxirgi 6 safar o‘yinidan beshtasida 2,5tadan ko‘proq gol urilgan (Premyer-Liga).

«Shporlar» APL doirasida so‘nggi 6 mehmon bahsidan beshtasida kamida ikkita gol o‘tkazib yuborishgan.

Tomonlar APLda o‘zaro 58 marta to‘qnasishgan va shulardan 21 uchrashuv «qizillar» foydasiga hal bo‘lgan. 14 o‘yinda «Tottenxem» g‘alaba qozongan hamda 23 bellashuvda g‘olib aniqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» - «Tottenxem» o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 15:22, 26.09.2021.
O'qildi: 2275 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик