Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza 0-1 Parma
08/12 22:00 Udineze 1-2 Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Mirjalol Qosimov: «Chiroyli o‘yin va g‘alaba uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman»

Mirjalol Qosimov: «Chiroyli o‘yin va g‘alaba uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman»

Baho:
+ | -

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliganing 20-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Surxon"ga qarshi o‘yin (1:0) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Qiziqarli va tomoshabop futbol guvohiga aylandik. O‘yinga hujumkor taktika tanlagandik va birinchi taymda ko‘plab golli vaziyatlar yaratildi. Biroq so‘nggi aniq zarbani yo‘llashda biroz omad yetishmadi. Ikkinchi bo‘limda ham katta tashabbus bilan hujumga o‘tdik. Shuningdek, bugun raqib posboni ham yaxshi harakat qilib, jamoasini ko‘plab gollardan qutqardi. Dastlabki golimiz ofsayd tufayli bekor qilinganiga qaramasdan tezda yana hujumga o‘tib, nihoyat o‘z maqsadimizga erishib, muhim g‘alabani keltirgan golni urishni uddasidan chiqdik. Mavsum o‘zining qizg‘in pallasiga kirmoqda. Chiroyli o‘yin va g‘alaba uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Bugungi g‘alabani muxlislarimizga bag‘ishlaymiz. Bizni yana qiziqarli o‘yinlar kutmoqda. Kelasi uchrashuvlarga ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, muxlislarimizni xursand qilishga astoydil harakat qilamiz», — dedi Qosimov.

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 23:01, 26.09.2021.
O'qildi: 1287 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.