Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Mourinyo: «Men ular bilan shu yerda va hozir gaplashmoqchi edim»

Mourinyo: «Men ular bilan shu yerda va hozir gaplashmoqchi edim»

Baho:
+ | -1

«O‘yindan keyin maydonda futbolchilar bilan nima haqida gaplashgan bo‘lsam, ular oramizda qoladi. Men ular bilan shu yerda va hozir gaplashmoqchi edim, lekin men bu suhbatni xuddi yechinish xonasida bo‘lganidek qabul qilishlarini istayman.

Birinchidan, men ko‘p ijobiy narsalarni ta’kidlamoqchiman. Italiya futboli hujumkor futbol sifatini va jamoalarning g‘alabaga intilishini jiddiy ravishda yaxshilab oldi. Bu ajoyib o‘yin bo‘ldi, lekin afsuski, hakamlar va VAR uning saviyasiga to‘g‘ri kelmadi.

"Lasio"ning ikkinchi golidan oldin hisob 0:2 emas, 1:1 bo‘lishi mumkin edi, lekin o‘sha epizodda VAR bosh hakami ham, yordamchisi ham xato qilishdi. Bu haddan tashqari o‘yinni o‘ldirish. Lukas Leyvaning ikkinchi sariq kartochkasi ham o‘yinga ta’sir qilishi mumkin. Bu hafta ikkita o‘xshash epizod bo‘ldi - ulardan biri uchun Pelegrini qizil kartochka oldi.

Men futbolchilarimni qo‘llab -quvvatlayman, "Roma" bugun maydonda eng yaxshi jamoa edi. Agar siz uchta gol o‘tkazib yuborsangiz, bu xato qilganingizni anglatadi. Ammo ikkinchi va uchinchi gol "Lasio" qarshi hujumlarda urildi. Ikkinchi golda esa biz penalti olish huquqiga ega bo‘lamiz deb umid qilgandik», - deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Kiritildi: 08:02, 27.09.2021.
O'qildi: 9889 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик