Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

«Barsa»ning cho‘kishi ajablanarli emas, balki muqarrar

«Barsa»ning cho‘kishi ajablanarli emas, balki muqarrar

Baho:
+ | -

Ayni dam «Barselona»ning boshdan kechirayotgan inqirozli davri klub muxlislarini ajablantirishda davom etadi. Mavsum boshida jamoa yetakchilaridan biri Jerar Pike quyidagi so‘zlarni aytib o‘tgan: «Bularning barchasi o‘tkinchi davrlar. Barsa - bu Barsa. Hali biz qaytamiz!»

Albatta, futbolchining gaplarida jon bor, lekin negadir hali ham yoqimsiz natijalar davom etmoqda. Asosiy gap shunda. Klubning joriy mavsum Chempionlar ligasidagi birinchi uchrashuvidan so‘ng tomoshabinlarning murabbiyga bo‘lgan tanqidlari keskin ko‘payib ketdi. Uchrashuv davomida muttasil hayqiriq va ohanglar orqali achchiq kulgi yangraganini barcha his qilgan bo‘lsa ajab emas. Bu yerda muxlislarning hatti-harakatlarining maydonda bo‘layotgan voqealarga umuman aloqasi yo‘q edi. Tomoshabinlar shunchaki o‘zlari uchun boshqa o‘yin topishga harakat qilishardi. Ular o‘zlarining 90 daqiqa vaqtlarini tribunada o‘tkazishni xohlashmadi, bu ularning ko‘zlaridan ham bilinib turardi.

Bahsda «Barselona» 0:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Ushbu natija klub tarixidagi Chempionlar Ligasi doirasidagi ilk mag‘lubiyat edi. Kataloniyaliklar bunga qadar o‘z maydonida 38 bahsdan beri mag‘lubiyatga uchramay kelayotgan edi. Shuningdek, jamoa raqib darvozasiga birorta ham aniq zarba bera olmadi. Bu natija ham klub antirekordi hisoblanadi.

Lekin bu tasodifiy xatolar emas, balki ancha oldin boshlangan jarayonning natijasidir. Tribunada hech kim tablodagi hisobdan hayron qolmadi. Darhaqiqat, raqib chindan ham kuchli - «Bavariya» edi. Oxirgi marta, 13 oy oldin, nemislar «Barsa» darvozasiga sakkizta gol urishgani barchaning yodida. Qiziq tomoni, jamoa o‘sha o‘yinda qatnashgan barcha hujumchilarini yo‘qotdi: avval Suares, keyin Messi, keyin esa Grizmann. Ansu Fati esa jarohati tufayli maydonga tusha olmadi, xuddi Dembele kabi. Endi esa Aguero va Braytueyt barchaning diqqat markazida.

Yana o‘sha Pikega to‘xtalamiz. U o‘yindan keyin noroziligini hech kimdan yashirib o‘tirmadi. «Bu o‘yinda 18 va 17 yoshli bolalar ishtirok etishgandek go‘yo. Rostini aytsam, biz favoritga o‘xshamaymiz va bu ayni haqiqat».

Jamoa bosh murabbiyi Ronald Kuman jurnalistlar bilan gaplashganda, ular undan sardorining so‘zlari haqida fikrini so‘rashdi. Kuman buni tan oldi. Mutaxassis top klublar orasidagi farq haqiqatan ham katta ekanligiga urg‘u berdi. Shundan so‘ng Kataloniya gazetasida «Achchiq haqiqat» sarlavhasi ostida maqolalar chiqa boshladi.

Eng achinarlisi shundaki, «Barsa» futbolchilari buni xotirjam holda, jimgina boshini quyi solib qarshi oldi. Jamoaning hozirgi o‘yinlarida ham qandaydir ichki isyon yetishmayapti. 20 daqiqa davomida «ko‘k-anorranglilar» raqiblariga yaxshigina qarshilik ko‘rsatdi. Hech bo‘lmaganda, noaniq zarbalarga qaramay to‘pga nazorat ko‘rsatkichlari pasayib ketmadi. Ajablanarlisi, «Barsa» endi avvalgidek kutilmagan tarzda «chuqurlar»ga tushib qolmayapti. Jamoani yengish uchun endi «Enfild»dagi minglab muxlislarning madadi ham kerak emas. O‘yinlar boshlanishidan oldin ham futbolchilarning kamchiligini aniqlash qiyin bo‘lmayapti.

AS jurnalisti Santi Ximenes nashrda «Barsa» uchrashuvlarni mag‘lub holda boshlamoqda deya chiroyli maqola keltiradi. O‘sha kuni nemislarga vaziyatni o‘zlariga og‘dirish uchun birgina zarba yetarli bo‘ldi. Tomas Myuller hisob ochishi bilan ko‘pchilik «Barselona»ning mag‘lubiyatini oldindan taxmin qilgandi. Jamoaning «Bavariya» bilan oldingi bahsdan farqi bu safar faqatgina 8 ta gol urilmaganida bo‘ldi xolos. Biroq vaziyat o‘sha-o‘sha.

«Barsa»ning sobiq bosh murabbiyi Ernesto Valverde o‘zining mashhur iborasini jurnalistlar oldida tez-tez ishlatar edi - «Biz bor masalliqdan foydalanyapmiz». Darhaqiqat, dahshatli trio bor paytlar bu gaplar aytildimi, demak, hozir Kumanning vaziyatini bemalol hazm qilsa bo‘ladi. U keskin kelgan avlodlar almashinuvini bildirmasdan tugallashi zarur.

Klubning qarzlari deyarli bir yarim milliard yevroni tashkil etishini barcha yaxshi biladi. O‘tgan yoz bu borada favqulodda choralar ham ko‘rildi, hatto, «katta to‘g‘on» deya aytilgan Messidan ham voz kechildi. Kumanning aytishicha, joriy mavsum o‘tish davri sifatida qabul qilinishi kerak. Lekin «Barsa» qayerga qarab ketyapti? Va bu muddat qancha davom etadi?

Optimistlar va realistlar kutishga tayyor. Kuman 4 haftadan keyin vaziyat umuman boshqacha bo‘ladi deb va’da berganidan xabaringiz bor. Pike «Barsa»ning hali ham kurashishiga ishonmoqda. Zarur bo‘lganda, jamoada ko‘plab yosh futbolchilar ham paydo bo‘ladi va kimdir bundan xursand ham bo‘lishi mumkin. Kimdir hatto Kumanning taktik rejalaridan mamnun. Ammo bu vaziyatni osonlashtirmaydi. Jamoa prezidenti Laporta barcha muxlislarni sabrli bo‘lishga chaqirdi. Biroq holat hadeganda o‘zgaradigandek emas. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Kiritildi: 01:00, 30.09.2021.
O'qildi: 7797 marta.
Fikrlar: 40 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.