Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

YECHLda qovun tushirgan hakamlar: Chaqirdan Chaqirgacha

YECHLda qovun tushirgan hakamlar: Chaqirdan Chaqirgacha

Baho:
+1 | -

Yevropa chempionlar ligasi doirasidagi 2-turdan o‘rin olgan “Milan” “Atletiko” o‘rtasidagi bahs hammaning yodida bo‘lsa kerak. O‘sha o‘yinda bosh hakam sifatida ish olib borgan Junayt Chaqirning ba’zi qarorlari o‘yinning borishiga va yakuniy natijaga bir qancha o‘z ta’sirini o‘tkazganining guvohi bo‘ldik. Hamma ham xato qiladi. Bosh hakamlarning ko‘plab xatolarini ko‘rganmiz. Stadion.uz bugungi maqolada Chempionlar ligasida eng esda qolarli hakamlar xatolari haqida so‘zlaydi.

Junayt Chaqir (“Manchester Yunayted” - “Real Madrid” - 1:2, 2013 yil)
Chempionlar ligasi 2013 yilgi mavsumi 1/16 final doirasida “Manchester Yunayted” “Real Madrid” o‘rtasidagi to‘qnashuv juda qizg‘in voqealarga boy bo‘lgan. Ispaniyada o‘tgan birinchi bahs 1:1 hisobida o‘z yakuniga yetgan edi. Javob uchrashuvida Ramosning avtogoli mankunianliklarni hisobda oldinga olib chiqqan edi. Ishonchli g‘alaba sari oldimlayotgan inglizlar, kutilmaganda, Nanining qizil kartochkasi tufayli umidsizlikga tushgandi. O‘sha o‘yin bosh hakami Junayt Chaqir Nanining xavfli o‘yini uchun qizil kartochka ko‘rsatgan edi. O‘sha qaror yaqin kunlargacha muxlislar orasidagi ko‘plab bahslarga sabab bo‘lgan edi. Bir kishi kam bo‘lib qolgan “qizil iblislar” yakunda 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrab o‘z yurishini to‘xtatgan edi.

Tom Evrebe (“Chelsi” - “Barselona” - 1:1. 2009 yil)
2009-yilgi “Barselona” eng dahshatli jamoalardan biri edi. Ularni to‘xtatishning imkoni bo‘lmagan, lekin “aristokratlar” deyarli buni uddalagan edi. Agar Tom Evrebening g‘alati qarorlari bo‘lmaganda. Hakamning “Barselona” darvozasiga hech qaysi vaziyatda penalti bermagani ko‘pchilikning yodida bo‘lsa kerak. Vaholangki, “ko‘k-anorranglilar” 5 marta o‘z jarima maydonchasi ichida qo‘l bilan o‘ynagan edi. Natijada o‘yin 1:1 hisobida yakunlangan va kataloniyaliklar mehmondagi gol evaziga final yo‘llanmasiga ega chiqishgandi. Germaniyalik Ballak o‘sha o‘yinda hakamning ortidan qanday quvlaganini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Bu haqiqatdan katta memga aylanib ulgurgan.

Viktor Kashshay (“Real Madrid” - “Bavariya” - 4:2. 2017 yil)
Bu jamoalar o‘rtasidagi qarama-qarshilik hech qachon, hech kimni befarq qoldirmagan bo‘lsa kerak. Eng yodda qolarlisi 2017-yilgi to‘qnashuv edi. Birinchi bahsda Germaniyada “galaktikos" bir kishi kam bo‘lib deyarli bir taym o‘ynagan “rekordmeyster”ni 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. “Bernabeu”dagi javob bahsining ham asosiy vaqti xuddi shunday natija bilan yakunlangan. Qo‘shimcha taymlarda esa, Marselo va Ronaldu juftligi o‘yin taqdirini hal qilib qo‘ygan. Lekin o‘sha gollarning orasida ofsayddan urilgan gol nemis jamoasini sindirib qo‘ygan edi. Natijada Madrid klubi raqibni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgani hammaning yodida bo‘lsa kerak.

Deniz Aytekin (“Barselona” - “PSJ” - 6:1. 2017 yil)
Xa bu tarixiy “kambek” qayd etilgan bahs hammaning yodida. “Kamp Nou”da sun’iy tarzda yer qimirlashi sodir etilgan oqshomdagi bosh referining harakatlari ham ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lgani aniq. Shunchaki ilk o‘yinda parijliklar kataloniyaliklarni yeb tashlagan edi. 4-0 hisobidan Enrike shogirdlari qanday chiqib ketishi mumkinligini kuzatish hammaga qiziq edi. O‘yinning kulminasiyasi 91-daqiqada Luis Suares ishlagan penalti edi. Luis jarima maydonchasi ichida yiqilishga juda usta futbolchi. Aynan o‘sha vaziyatda “PSJ” futbolchilaridan bo‘lgan kontaktda urugvaylik o‘xshatib yiqilib bergan edi va o‘sha vaziyat “kambek”ning asosiy sababchisi bo‘lgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘sha vaziyat esa hali hanuz muhokama qilinadi. Deniz Aytekin esa, o‘yindan so‘ng UYEFA tomonidan jazolangan. Nima bo‘lganda ham, o‘sha o‘yin barcha futbol ishqibozlari uchun dahshatli “remantada”ni taqdim etgandi.

Junayt Chaqir (“Milan” - “Atletiko” - 1:2. 2021 yil)
Yaqinda bo‘lib o‘tgan bahsni hech kim unutib ulgurmagan bo‘lsa kerak. Italiya klubi 20-daqiqada Rafayel Leau tomonidan kiritilgan gol evaziga g‘alaba qozonayotgan edi. 29-daqiqada “rossenori” yarim ximoyachisi Frenk Kessiga ko‘rsatilgan ikkinchi sariq kartochkadan so‘ng bir kishi kam bo‘lib qoldi. O‘yinning tugash arafasida madridliklar hisobni tenglashtirdi va 97-daqiqada Suaresning penaltidan urgan goli evaziga g‘alaba qozonib ketdi. Chaqir nafaqat o‘sha ikkinchi sariq kartochka, balki boshqa vaziyatlardagi qarorlari ham bahslarga sabab bo‘ldi. Shu tariqa “San-siro” egalari mag‘lubiyatga uchradi. Turkiyalik hakam esa UYEFA tomonidan jazolandi.

Bu albatta hammasi emas. Futbol tarixi bunday xatoliklarning ko‘pini ko‘rgan. Bular shunchaki yaqin o‘tmishda CHLda sodir bo‘lgan va hammaning yodida qolgan vaziyatlar edi. Qiziq tomoni shundaki, har besh bahsda ham hakamlarning qarori ispan klublariga foyda keltirgan. Sizningcha bu shunchaki tasodifmi?

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:14, 04.10.2021.
O'qildi: 8503 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.