Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

«Nyukasl»ning yangi xo‘jayinlari futbol olamini qay tarzda o‘zgartiradi? Alisher Nikimbayev bilan suhbat

«Nyukasl»ning yangi xo‘jayinlari futbol olamini qay tarzda o‘zgartiradi? Alisher Nikimbayev bilan suhbat

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

— 7 oktyabr kuni Saudiya Arabistoni hukumatining Davlat investisiya jamg‘armasi Angliyaning "Nyukasl" klubini sotib olgani ma’lum bo‘ldi, bitim narxi —  360 million yevroni tashkil etgan.

— Jamg‘armani valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon boshqaradi. Bu kelishuv “Nyukasl”ni kelajakda dunyoning eng boy klublaridan biriga aylantiradi.

Biz bu haqda Osiyo mintaqasini yaxshi biladigan menejer Alisher Nikimbayev bilan batafsil gaplashdik. U Qatar futbol assosiasiyasi texnik mutaxassisi va JCH-2022 tashkiliy qo‘mitasining menejeri hisoblanadi.


— Qatar shayxlari “PSJ”ga, BAA shayxlari esa “Manchester Siti”ga egalik qiladi. Endi esa Saudiya shahzodasi “Nyukasl”ni sotib oldi. Bu unga nima uchun kerak?
— “Nyukasl”ni xarid qilish Saudiya Arabistoni hukumatining futbolga, sportga bo‘lgan ambisiyasining yorqin ko‘rinishi. Lekin ular bu bilan to‘xtab qolishmaydi. O‘tgan yili ular 2030 yilgi Osiyo o‘yinlarini qabul qilish uchun Qatar bilan bellashishdi. Yakunda Qatar bu kurashda g‘olib chiqishdi. Ammo Saudiya Arabistoni 2034-yilgi qit’a o‘yinlariga mezbonlik qiladigan bo‘lishdi. Hozirda 2027 yilgi Osiyo Kubogiga mezbonlik qiladigan mamlakatni tanlash bo‘yicha saylov kampaniyasidagi ishlar davom etmoqda. Asosiy da’vogarlar Saudiya Arabistoni va Qatar. Bundan tashqari, saudiyaliklar Osiyo Kubogi uchun 1 milliard dollarlik loyihani tayyorlamoqda, chunki bir vaqtning o‘zida musobaqa uchun to‘rtta yangi stadion qurish rejalashtirishmoqda.

Saudiya Arabistoni bundan oldin ham mintaqada o‘zining futbolda yetakchiligini isbotlashga urinib ko‘rdi, ammo ular buni isbotlay olishmadi. OFK (Osiyo Futbol Konfederasiyasi) prezidentligi uchun 2013 yoki 2019 yillardagi saylov kampaniyalarini esga olishimiz mumkin. Hozir mamlakatda o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Masalan, Osiyo kubogini qabul qilish qonunchilik darajasida jiddiy islohotlarni ham o‘z ichiga oladi. Saudiya Arabistonida ayollar futbol o‘yinlariga kirishga ruxsat berilmagan va bu esa musobaqalarga mezbonlik qilish uchun to‘siq bo‘lishi mumkin. Buni hal qilish kerak.

Iqtisodiyotda ham o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Gap BAA va Qatardan moliyaviy oqimlarni Saudiya Arabistoniga o‘tkazish haqida ketmoqda. BAA inqirozdan so‘ng tiklana olmagan bo‘lsa, JCH-2022dan keyin Qatarga qiziqish pasayishi mumkin. Saudiya Arabistoni — infratuzilma sarmoyalari uchun yangi sinov maydoni.

—  "Nyukasl"dan nimani kutishi mumkin? Manmanlik yarmarkasi yoki klubning tizimli rivojini?
— “Nyukasl”ni sotib olish katta loyiha bo‘ladi. Qatarda "PSJ"dan tashqari Yevropa futbolida u qadar ko‘zga tashlanmaydigan boshqa loyihalar ham bor. Bu saudiyaliklar uchun Yevropa klubini sotib olish bo‘yicha birinchi tajriba bo‘ldi. Ular klubga kiritadigan sarmoya bo‘yicha "Manchester Siti" va “PSJ” bilan raqobatlashishga tayyor.

Shu bilan birga, saudiyaliklarning salohiyati biroz yuqoriroqdir. Muxlislar bayram qilishni allaqachon boshlab yuborishgan, ammo transfer oynasi faqat yanvarda ochiladi. Shayx Mansur "Manchester Siti"ni sotib olgani haqidagi tarixga qaytsak, u transfer oynasi yopilishidan bir necha kun oldin klubni sotib olgan va Robinyoni xarid qilishga muvaffaq bo‘lgan. Ularga omad kulib boqqandi. Bunday holatda, bir zumda o‘zgarish kutish mumkin emas, chunki transfer oynasi ochilishiga ikki oydan ko‘proq vaqt bor. Hech bo‘lmaganda shu vaqt ichida ular futbolchilarni sotib olishga jiddiy yondashadilar. Ammo, yanvar oyining birinchi kunlaridanoq “Nyukasl”dan qandaydir olamshumul transferlarni kutish mumkin.



—  Ular moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun sanksiyalarga duch kelishi mumkinmi?
—  Feyr-pley tizimi tez orada o‘zgaradi. Asosiy e’tibor umumiy xarajatlarga emas, balki ish haqini nazorat qilishga qaratiladi. Muammo shundaki, klublar daromadini tasdiqlovchi hujjatsiz pul sarflay olmaydi. O‘sha "Manchester Siti" va "PSJ" egalari xuddi shundan aziyat chekishgan. Ular klubga homiylarni jalb qilmoqchi bo‘lishgandi, ammo ular klub xo‘jayinlarining qarindoshlariga tegishli bo‘lgani uchun buni amalga oshira olishmagandi. Shu bois, UYEFA bu harakatlarni taqiqlab qo‘ygandi.

Hozirda klub qancha pul ishlab topayotganiga ko‘p e’tibor qaratilmaydi, muhimi jamoa o‘z byudjetining ma’lum foizidan ko‘pini maoshlarga sarflamasa bo‘lgani. Shuning uchun “Nyukasl” bunday muammoga duch kelmasa kerak. Saudiyaliklar to‘g‘ri vaqtda kelishdi.

— Saudiyaliklar bu xaridni ertaroq amalga oshirishlari ham mumkin edi?
—  Jamoani sotib olish haqidagi gaplar bir yildan ko‘proq vaqt oldin boshlangan. Ammo bu urinish behuda ketgan. 2017 yilda Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaman, Misr, Bahrayn va boshqa tomondan Qatar o‘rtasidagi munosabatlarda diplomatik inqiroz yuzaga keldi. Jahon chempionati va yirik chempionatlar, shu jumladan Angliya Premyer-ligasi o‘yinlarini translyasiya qilish huquqiga ega bo‘lgan BeIN Sport'ning Saudiya Arabistoni va BAAga kirishiga ruxsat berilmaganligi bahsli masalalardan biri bo‘ldi. Bundan tashqari, unga qarshi ravishda BeOutQ noqonuniy kanali yuzaga keldi. Olib borilgan surishtiruvlar natijasida shu narsa aniq bo‘ldiki, bunday kanalni Saudiya hukumati ishtirokisiz yuzaga keltirishning imkoni yo‘q edi, chunki efir uchun Saudiya sun’iy yo‘ldoshidan foydalanilgan. Demak, Saudiya Arabistoni hukumati Angliya Premyer-ligasining iqtisodiy va marketing huquqlarini buzib, uni daromaddan mahrum qilgan. Bir necha kun oldin saudiyaliklar BeIN Sport bilan ziddiyatni hal qilishdi, katta miqdordagi tovon puli haqida gap ketdi, nazarimda, bu summani to‘lashdi ham. Bu esa “Nyukasl”ni sotib olish imkoniyatini ochdi.

— Mavjud siyosiy vaziyat “Nyukasl”ning xarid qilinishiga ta’sir ko‘rsatmadimi? Masalan, jurnalist Qoshiqchining Saudiya Arabistoni elchixonasida o‘ldirilishi bilan bog‘liq vaziyat.
— Albatta, istak bo‘lsa har qanday muammoni topish mumkin. Shuning uchun Premyer-liga klublari g‘azablanishmoqda. Ular zudlik bilan Liga Kengashini chaqirishni talab qilmoqdalar. Lekin asosiy huquqiy to‘siq —  BeIN Sport bilan ziddiyat edi va u olib tashlandi. Ma’lumki, siyosiy nuqtai nazardan Abramovichga ham, Shayx Mansurga ham sabab topib, klubni sotishdan bosh tortish mumkin. Biroq, qoidalar juda aniq yozib qo‘yilgan. Masalan, "Manchester Siti" aksiyalari Tailandning sobiq bosh vaziri Taksin tomonidan arablarga sotilgan. Shu bilan birga, u o‘z ulushini quvg‘inda bo‘lgani uchun yoki siyosiy sabablar tufayli emas, balki korrupsiyada gumonda bo‘lgani uchun sotdi. Men "Nyukasl"ni sotib olish bo‘yicha bitimni to‘siq qo‘yilishi mumkinligiga ishonmayman.

—  Muhammad ibn Salmon kabi shuhratparast va o‘ta boy odamning klub sotib olishi futbol bozori va futbolchilarning maoshiga qanday ta’sir qiladi?
—  Tabiiyki, ta’sir qiladi. Futbolchilar uchun narxlar oshadi. Bir paytlar “PSJ” Neymarni "Barselona"dan rekord 222 million yevroga sotib olgan. Abramovich "Chelsi"ga kelganida ham chegarani ko‘targan. Har zamonning o‘z qahramonlari, o‘z bahosi bor. Ertami-kechmi, o‘yinchi uchun ko‘proq pul to‘laydigan odam paydo bo‘ladi. Bularning barchasini qanday tartibga solish — bu boshqa masala. Sinab ko‘rishdi —  bu ishlamadi.

Ish haqi haqida gap ketganda, dunyoning aksariyat klublari qancha pul ishlab topishsa, shuncha sarflaydilar. Balki "Nyukasl" 25 futbolchiga yuqori maosh to‘laydi, lekin qaydnoma cheksiz emas. "Nyukasl"ga kelmagan o‘yincha boshqa klublarda o‘ynashni davom ettirishga majbur bo‘ladi. Shu sababli, ish haqi bozoridagi vaziyat jiddiy o‘zgarmaydi.

Men boshqa narsadan xavotirdaman, Chempionlar Ligasi bitta yetakchi turniriga aylanib qolmasin. "Nyukasl" bunga qancha vaqt sarflashini yoki umuman bu darajaga chiqa oladimi yoki yo‘qmi, bilmayman. Masalan, "PSJ" va "Manchester Siti" hali Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishmagan. Pulga to‘la qoplar maydonda yutmaydi, lekin Chempionlar Ligasini “Srvena Zvezda” yoki “Styaua” yutib ketishini tasavvur qilishning imkoni yo‘q.

—  Balki Ibn Salmon Superliga tuzilishiga boshchilik qilar?
—  Nazariy jihatdan hamma narsa mumkin, lekin amalda buning iloji yo‘q. Keling, Superliga tuzishga urinish bilan bu yil tarixiga qaytaylik. Superligada ishtirok etishdan manfaatdor bo‘lgan "PSJ" xo‘jayini Nosir al-Helayfiy kutilmaganda bu g‘oyadan voz kechdi. Axir Fransiya chempionati orqali topadigan daromadlar juda kam. Al-Helayfiy esa siyosiy jihatdan boshqalarga qaraganda uzoqni ko‘ra oladigan bo‘lib chiqdi.

O‘ylaymanki, Muhammad ibn Salmon ham qayerda do‘st va qayerda dushman borligini tushunadi. U o‘z mamlakati juda manfaatdor bo‘lgan ko‘plab tashkilotlar, jumladan, FIFA bilan aloqalarni uzishga majbur bo‘lishi mumkin. Shunday ekan ibn Salmon bunga urunib ham ko‘rmasa kerak.

Agar Saudiya Arabistoni jahon chempionatiga mezbonligini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lsa, men ajablanmayman. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati —  Xitoy va Saudiya Arabistonining qo‘shma loyihasi. 2023 yilda bu musobaqani saudiyaliklar o‘tkazishi mumkin. Shunday ekan, savol tug‘iladi, nima uchun ibn Salmonga Superliga kerak?

—  Ma’lum bo‘lishicha, Ibn Salmon "Nyukasl"da pul topmoqchi emas, shundaymi?
—  Xuddi Abramovich "Chelsi"ni foyda uchun sotib olmagandek. U boshqa imtiyozlar uchun ortidan yurdi. Premyer-ligada ko‘p klublarning xo‘jayinlari daromad olish uchun egalik qilishmaydi. O‘sha shayx Mansur ham “Manchester Siti” uchun klub topadigan daromaddan ko‘proq pul sarflaydi. Agar Ibn Salmonda 300 milliard dollar bo‘lsa, u yiliga 10 million dollarlik foyda ko‘rish haqida o‘ylarmidi?



—  Uning Qatar va arab shayxlariga nisbatan ustunlikka ega bo‘lish niyati bormi?
—  Bir paytlar kimdir savol bergan bo‘lishi mumkin: nega ularda bor, bizda esa yo‘q? Ular dunyoning barcha mintaqalari bilan bir xil. Ha, ular birodarlar. Ha, eski yaxshi qo‘shnichilik rishtalari. To‘rt yil oldin, go‘yoki, ularning munosabatlari umrbod buzilib ketgan edi, lekin hozir munosabatlar qayta tiklanmoqda va ular aytganidek, munosabatlar kuchliroq bo‘ladi. Ammo ichki raqobat va hasad doimo saqlanib qoladi. Har qanday musobaqada, har qanday darajada, bu shunday bo‘lib qolaveradi. Bu oltita davlat, shuningdek, Kuvayt, Ummon va Bahraynni unutmang! Ular har doim hamma narsada bir-biri bilan raqobatlashishadi. Har ikki yilda Fors ko‘rfazi kubogi o‘tkaziladi, unda bu mamlakatlar terma jamoalari, shuningdek, Yaman va Iroq ishtirok etadi. Bu turnir bu yerda "shayxlar turniri" deb nomlanadi. Qizig‘i shundaki, saudiyaliklar jahon chempionatlarida muntazam ishtirok etishsa-da, musobaqaning so‘zsiz peshqadami emas. Bu juda prinsipial turnir.

—  “Nyukasl”da saudiyalik futbolchilarni ko‘ramizmi?
—  Menimcha, hozir Saudiya Arabistonida Premyer-liga darajasidagi futbolchilar yo‘q. Ammo ularning jamoasi juda yaxshi va oxirgi paytlarda munosib o‘sib bormoqda. Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatidan oldin ular o‘z futbolchilarini Ispaniyaga jo‘natishdi, hatto ular buning uchun pul to‘lashdi. Lekin yakunda ularning hech biri u yerda o‘ynab qolishmadi. Demak, bu loyiha Saudiya terma jamoasiga foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirgan, chunki futbolchilar o‘yin amaliyotidan mahrum bo‘lishdi. Shayx Mansur qancha arab futbolchisini “Manchester Siti”ga olib kelgan? Birorta ham. "Manchester Siti" tarixi davomida faqat Umar Abdulrahmon jiddiy qiziqqan. Ibn Salmon boshqacha yo‘l tutishiga shubha qilaman.



—  Saudiya Arabistoni terma jamoasi BAA terma jamoasidan kuchliroq ko‘rinadi.
—  BAA terma jamoasida "oltin avlod" davri bo‘lgan. "Siti"ga kelib o‘ynashi mumkin bo‘lgan kamida bitta futbolchi bor edi —  Umar Abdulrahmon. Uni u yerga chaqirishdi, lekin u rad etdi. Balki mentalitetda ham muammolar bordir. Mintaqadagi har bir futbolchi Yevropaga borib, nimanidir isbotlashni xohlamaydi. Biz ish haqi haqida gaplashdik va bu yerda ular juda yuqori. Futbolchilar Yevropada olgandan ko‘ra ko‘proq pul olishadi. Bu yerga yevropalik futbolchilar o‘z faoliyatini yakunlash uchun kelishadi. Bu yerda pul ishlash osonroq.

—  Saudiyaliklarning “Nyukasl”ni sotib olishi Saudiya ichki chempionatning jozibadorligini oshiradimi? Yuqori darajadagi futbolchilar u yerga borishi qanchalik haqiqatga yaqin?
—  Aslida Saudiya Arabistoni ham byudjet, ham klublarning sifati bo‘yicha BAA va Qatardan oldinda. Ehtimol, hayot tarzi nuqtai nazaridan oson bo‘lmasligi mumkin. Bu qat’iy musulmon davlati ekanligi bilan bog‘liq. Saudiya Arabistoni klublari o‘rtasida raqobat ko‘proq, masalan, Qatarda, aslida, faqat ikkita klub chempionlik uchun o‘zaro kurashadi. Saudiyada kurash nisbatan qiziqroq. Ligeonerlar borasida ham BAA va Qatarda 3 + 1 + 1 (har qanday uchta chet ellik, osiyolik va arab) Saudiya Arabistonida 6 + 2 (har qanday olti chet ellik, ikki osiyolik). Shunday qilib, Saudiya Arabistoni hozir ham futbolda nisbatan ustunroq ko‘rinadi.

—  Saudiyaliklarning “Nyukasl”ni sotib olishi Fors ko‘rfazi mamlakatlarining Osiyo futboli rivojidagi kurashiga qo‘shgan hissasi deb ayta olamizmi?
— Rasman, ha. Axir, hamma narsa bir-biri bilan bog‘liq. “Nyukasl”ni sotib olish uchun saudiyaliklar BeIN Sport bilan muzokaralar olib borishga majbur bo‘lishdi. Telekompaniya bilan hech qanday kelishuv bo‘lmasa-da, OFK (Osiyo Futbol Konfederasiyasi) pul yo‘qotayotgan edi. O‘sha Osiyo Chempionlar Ligasi uchun shartnoma yo‘qligi sababli. Masalan, Qatar bu yil lisenziya sotib olmadi. Gap shundaki, BeIN Sport huquqlarni butun arab mintaqasi uchun, yigirmadan ziyod mamlakat uchun paketda sotib oldi. Birlashgan Arab Amirliklari va Saudiya Arabistoni aholisi soni bo‘yicha Qatardan ancha ustundir. Shunday qilib, telekompaniya o‘yinlarni mintaqaning eng yirik davlatlariga o‘tkaza olmasligi aniq bo‘lgach, OFK paketni qismlarga bo‘lishni taklif qildi. Shartnomaning jozibadorligi yo‘qoldi. Telekompaniya huquqlarni faqat Qatar, Livan yoki Iroq uchun sotib olishning ma’nosi yo‘q. Natijada OFK kamroq pul oldi. Endi Jahon chempionatining uchinchi saralash bosqichi davom etmoqda, pandemiya tufayli Qatarda bir nechta o‘yinlar bo‘lib o‘tdi, ammo bu o‘yinlar Qatarning o‘zida translyasiya qilinmadi. Shunday qilib, agar arab telekanali yana bir butun sifatida qaralsa, telekompaniya yana OFKdan huquqlarni sotib olishdan manfaatdor bo‘ladi. Ko‘rinishidan, odamlar “Nyukasl”ni sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib borishgandi, lekin rasmiy ravishda, bir qator muhim masalalar birdaniga OFK foydasiga hal qilindi.

Mirjalol Pardaboyev tayyorladi

Manba: matchtv.ru
Kiritildi: 17:10, 11.10.2021.
O'qildi: 3407 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.