Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Mesut O‘zildan yangilik: raqamli kriptovalyuta yaratiladi

Mesut O‘zildan yangilik: raqamli kriptovalyuta yaratiladi

Baho:
+ | -

Sobiq «Arsenal» klubi yulduzi Mesut O‘zil bu hafta o‘zining kriptovalyutasini muomalaga qo‘yadi. 32 yoshli pleymeyker «Emireyts» stadionini yanvar oyida tark etib, Turkiyaning «Fenerbahche» klubi safiga yo‘l olgandi. U shaxsiy brendi bo‘lgan «M10»ni raqamli mablag‘ yaratish orqali kengaytirmoqchi. 2014 yilgi Jahon chempionati g‘olibi o‘tgan yili shaxsiy brendi ostidagi «M10Streetwear» kiyimlarini ishlab chiqarish boshlanganini e’lon qilgan edi. Hozir esa u «M10» brendini Jahon miqyosida kengaytirish ishlarini jadallashtirish maqsadida shu ishni boshlagan. O‘zil rasmiy Twitter sahifasida shanba kuni «ajoyib narsalar tez orada sodir bo‘ladi» deb yozib qoldirgandi. U bu bilan hozirgi ishiga ishora qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda qariyb yuz million kuzatuvchilarga ega bo‘lgan sobiq «Real» futbolchisi sahifasiga ko‘zlariga maxsus emoji ishlatilgan rasmini joylaydi. Shundan keyin, ko‘plab nashrlar yaqin kunlarda u rasman o‘z kriptovalyutasini taqdim etishini yoza boshladi. Ushbu raqamli mablag‘larni sotib olgan har qanday inson uni Bitcoin singari ishlata oladi. Qo‘shimchasiga mijoz «M10» brendi ostida tayyorlangan jihozlarga chegirmalar olishi va O‘zil bilan shaxsan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘zil ushbu ishlarni boshqa futbol yulduzlari Keysuke Xonda va Xames Rodrigezlardan ilhomlanib qilyapti, deyish mumkin. Negaki, yapon afsonasi, 35 yoshli Xonda 2020 yilning oktyabr oyida shaxsiy kriptovalyutasini, «KSK Honda Coin»ni taqdim etgandi. Kolumbiyalik futbolchi Rodrigez esa 2018 yilgi Jahon chempionatidan sal oldin o‘z raqamli pullarini ishlab chiqqan. Sobiq «Everton» yulduzi o‘sha yilning iyunida «JR10 Token» valyutasini ommaga havola qilgan. Ushbu xabarni esa hamkori, «SelfSell's» kompaniyasi asoschisi, xitoylik Yuan Li orqali Berlindagi «BlockShow - 2018» ko‘rgazmasida tasdiqlagan edi. Bu bilan Xames shaxsiy kriptomablag‘larga ega birinchi janubiy amerikalik futbolchiga aylangan.


Faqatgina O‘zil o‘z brendini qurayotgan va ijtimoiy tarmoqlarda faol futbolchi emas, albatta. Ko‘plab dunyo futbolchilari o‘z brendini yaratishgan. Jumladan, «MYU» futbolchisi Krishtianu Ronaldu eng mashhur brend egasi. Uning shaxsiy brendi ko‘plab maxsulotlarni: kiyim-kechak, atir-upa, oyoq-kiyim va boshqa shu kabi narsalarni ӯz ichiga oladi.
Mana shu oyda bu makonga yana bir yulduz kirib kelayotgani ayon bo‘ldi. Harri Keyn ham shu maqsadda o‘z brendiga ega bo‘lishni istamoqda. «Tottenxem» hujumchisi kosmetika, o‘yinchoqlar, oziq-ovqat, sharob, zargarlik buyumlari, kiyim va elektr jihozlarini o‘z ichiga oluvchi tovar belgisini yaratishini aytdi. Bu harakat «HK28» nomi ostida kelajakda tijoriy maqsadlarda foydalanilishi bildirilgan.

Mesut «Arsenal»dan ketishidan oldin 11 ta shimoliy London maktablariga 1400dan ortiq oziq-ovqatlarni tekin tarqatilishiga bosh bo‘lgan. Qolaversa, pandemiya davrida qiynalayotgan Italiya bolalariga o‘z butsasi sotuvidan tushgan mablag‘lardan yordam qo‘lini cho‘zadi. Faxriy futbolchi Turkiyada o‘zining avvalgi formasini tiklashga harakat qilmoqda. U bu mavsumda «Fenerbahche» uchun uchta gol urishga erishdi. O‘zil bu yo‘lda sobitqadamlik bilan davom etmoqda.

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 09:47, 12.10.2021.
O'qildi: 2760 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.