Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya 1-1 Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika 2-1 Paragvay

Munosabat: «Krishtianu tufayli jamoaviy o‘yinni yo‘qotdik...»

Munosabat: «Krishtianu tufayli jamoaviy o‘yinni yo‘qotdik...»

Baho:
+ | -

«Yuventus» faxriylari - Leo­nardo Bonuchchi va Jorjo Kyellinining aytishlaricha, Krishtianu Ronaldu «keksa sinyora»da yo‘lga qo‘yilgan jamoaviy o‘yinga jiddiy putur yetkazibdi. To‘g‘ri, ular shuning barobarida portugaliyalik yulduz bilan birga o‘ynashning ijobiy tomonlarini ham tilga olishdi. Turin klubi joriy mavsum «A» seriyada o‘ta omadsiz start oldi. Deylik, «Yuve» dastlabki 4ta turda atigi 2 ochko oldi. Hozir ham jamoa­ga barqarorlik yetishmayapti.

***

Tajribali himoyachi Jorjo Kyellini hozirgi omadsizliklarni Krishtianu Ronaldu jamoadan nisbatan kech ketgani bilan izohlamoqla: «U jamoa bilan 28 avgust kuni xayrlashdi, agar ertaroq ketganida, o‘z o‘yinimizni o‘nglab olishga ulgurardik. Qisqasi, dastlabki turlardagi yo‘qotishlarni aynan Ronalduning ketishga kechikkani bilan bog‘layman. Deylik, u 1 avgust kuni ketganida, chempionat startiga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish uchun yetarli vaqtga ega bo‘lardik. Gap shundaki, ma’lum vaqt aynan Krishtianu orqali, to‘g‘rirog‘i, uning uchun o‘ynashga o‘rganib qoldik. Bu Ronaldu uchun muhim. Shaxsan men hech narsadan hayron qolmadim: 3 yil davomida Krishtianuning jamoa aynan o‘zi uchun o‘ynashini xohlashi yaqqol sezilib turdi».

***

Bundan oldinroq Leonardo Bonuchchi ham Ronalduga haddan ortiq darajada umid bog‘langani xususida gapirgandi: «Ochiq aytaman, bizda «Dunyoning eng kuchli futbolchisi «Yuventus» g‘alabasini kafolatlashga qodir» qabilida tushuncha yo‘q emasdi. Ha, Krishtianu o‘yinimizga ham, o‘zimizga ham katta ta’sir o‘tkazdi. U bilan mashg‘ulotda birga ishlash - g‘ayrioddiy jarayon. Biroq yigitlar ongsiz ravishda Ronalduga g‘alaba kafolati sifatida qarashdi. Oqibatda qayerdadir talabni pasaytirdik, o‘zimizni qiynamay qo‘ydik. Ayniqsa, oxirgi mavsumda shunday bo‘ldi. Yana to‘pni Ronalduga uzatish natija keltirishiga ishonib qoldik. Vaholanki, u ham jamoaviy o‘yinga muhtoj edi. Oddiy aytganda, bizga o‘zaro tushunib harakatlanish yetishmadi»

***

Bonuchchi keyinroq yana shu mavzuni ko‘tarib, Krishtianuni jamoa­viy o‘yinni buzganlikda ayb­ladi: «O‘ylaymanki, hozir yana jamoaviy o‘yinni izga solyapmiz. Oxirgi mavsumlarda shu jihatda oqsadik, chunki buyuk chempion bilan o‘ynab, ko‘proq uning muvaffaqiyatiga hissa qo‘shishni xohladik. Ronalduning o‘yinlar taqdirini yolg‘iz o‘zi hal qilishiga ishongandik. Endi g‘alabalarni kafolatlaydigan haqiqiy kamtarlik va jamoaviy harakatni tezroq qayta tiklashimiz zarur».

***

Kyellini va Bonuchchi izohlaridan keyin Turinda chiqadigan Tuttosport nashri yanada keskin xulosa chiqardi: «Kyellini ham, Bonuchchi ham Krishtianudan minnatdorlar va uning iste’dodiga hurmat bilan yondashadilar. Ammo tan olish kerak, Ronaldu «Yuve»ning birdamlikka asoslangan o‘yin tizimidagi muvozanatni buzib ketdi. Oxirgi 10 yillikka qarasak, «Yuventus»da ajoyib hujumchilar (Teves, Manjukich, Iguain) va har bir pozisiyada buyuk chempionlar (Pirlo, Pogba, Vidal, Dani Alvesh, Xedira) o‘ynashgan. Muhimi, ular jamoaning muqaddas qonuniyatiga moslashishgandi. Himoyada o‘zini suruvdek tutadigan jamoada «Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun» qoidasi hukmron edi. Ya’ni har bir futbolchi g‘alaba yo‘lida o‘z roli va vazifasini osongina o‘zgartirardi. Ronaldu esa jamoaning bir qismiga aylanolmadi, hattoki, chin yetakchi rolida maydonga tushganida ham. Misol uchun, hech qachon himoyaviy o‘yinga hissa qo‘shmadi. Bu holat shu paytgacha «Yuven­tus»ni yaxlit kuch sifatida ushlab turgan qonunni buzdi: muvozanat, itoatkorlik va birlikka putur yetdi. 3 yil davomida kiyinish xonasidagi tartib ham o‘zgardi. Agar qaysidir qonun hamma uchun birdek qo‘llanilmasa, xavfli yoriqlar paydo bo‘ladi. Xullas, barchasi jamoaning maydonda kuchsizlanishiga olib keldi».

Krishtianu Ronaldu «Yuventus» safida jami 134ta o‘yinda maydonga tushib, 101ta gol urishdan tashqari, 22ta samarali uzatma muallifiga aylandi. Endi u o‘zining barcha plyus va minuslari bilan «MYU»da to‘p surmoqda.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 17:11, 11.11.2021.
O'qildi: 8045 marta.
Fikrlar: 40 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.