Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

Abdumalik Xalakov: «Kelgusida o‘z ustimda ishlayman va albatta chempion bo‘laman»

Abdumalik Xalakov: «Kelgusida o‘z ustimda ishlayman va albatta chempion bo‘laman»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Kuni kecha yakuniga yetgan boks bo‘yicha jahon chempionatining qahramonlaridan biri Abdumalik Xalakovning chiqishi ko‘pchilik muxlislarimizda iliq taassurot qoldirdi. Yosh bokschimiz musobaqa davomida o‘zining ajoyib texnikasi va harakatlari bilan yodimizda qoldi. E’tiboringizga -60 kg vazn toifasi finalchisi bilan tashkil qilgan suhbatimizni havola qilamiz:

— Jahon chempionatidagi ishtirokingizdan ko‘nglingiz to‘ldimi?
— Ishtirokimdan ko‘nglim to‘ldi, deya olaman. Unda o‘zimni yaxshi tomondan ko‘rsata oldim, deb o‘ylayman. Bu bilan to‘xtab qolish niyatim yo‘q, albatta. Kelgusi jahon chempionati o‘z yurtimizda bo‘ladi. Endi bor e’tiborimni o‘sha chempionat va Parij-2024 Olimpiadasiga qarataman.

— Ko‘z o‘ngingizda bir qator yetakchilarimizning mag‘lub deb e’lon qilingani qanday ta’sir o‘tkazdi?
— Jamoamizdagi yetakchi sportchilar, jahon chempionati favoritlarining ilk bosqichlardayoq mag‘lub bo‘lganidan biroz xafa bo‘ldim. Boisi, ularning boksi bizga motivasiya berar edi. Bir tomondan, ularning turnirni tark etishi bizga boshqacha kuch berdi. Biz hakamlarga ortiqcha ish qoldirmasdan bellashuvni o‘z foydamizga hal qilishga harakat qildik.

— Dastlab qur’a tashlangandan so‘ng chorak finalda kubalik raqib bilan tushishingizni siz ham taxmin qilgan bo‘lsangiz kerak. Vaziyat o‘zgargani Sizga qanchalik qo‘l keldi?
— To‘g‘risi men ham shunday bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandim. Biroq u ilk bosqichdayoq yaponiyalik bokschiga imkoniyatni boy berdi. Jahon chempionatida kuchli sportchilar ham ba’zan shunday mag‘lub bo‘ladi. Shuning uchun ring kim zo‘rligini ko‘rsatadigan joy hisoblanadi.

— Fransiyalik bokschi bilan final jangida nima yetishmadi deb o‘ylaysiz?
— Hal qiluvchi bellashuv natijasi adolatli bo‘ldi. Menga o‘sha kuni biroz omad yetishmadi. Nasib qilsa, kelgusida o‘z ustimda ishlayman va albatta chempion bo‘laman.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 20:21, 14.11.2021.
O'qildi: 2595 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.