Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

“Man Siti” — “PSJ” o‘yiniga oid statistika va faktlar

Baho:
+ | -

Yevropa Chempionlar ligasida guruh bosqichi 5-turidan o‘rin olgan "Manchester Siti" – "Pari Sen-Jermen" uchrashuviga (2:1) oid qiziqarli statistika va faktlar bilan tanishing.

▪️“PSJ” YECHLning qatorasiga 4 ta safar o‘yinida g‘alaba qozona olmadi — 2 durang, 2 mag‘lubiyat;

▪️“Man Siti” YCHLda ketma-ket 5-mavsum birinchi o‘rin bilan pley-off bosqichiga yo‘l oldi. APL vakillari orasida ushbu formatdagi (2003 yildan keyin) musobaqada faqat “Man Yunayted” bu natijaga erisha olgan;

▪️Kilian Mbappe klub va terma jamoasidagi so‘nggi beshta o‘yinning barchasida gol urdi. Bu oraliqda futbolchi 8ta to‘p kiritishga erishgan;

▪️“Man Siti” o‘yinning birinchi bo‘limda darvoza tomon 11ta zarba berdi, “PSJ” esa 3ta. Mahrezning (4) o‘zi parijliklardan ko‘proq zarba yo‘llagan;

▪️Rahim Sterling YECHLdagi gollari sonini 23taga yetkazib oldi va ingliz futbolchilari orasida Lempardning natijasini takrorladi. Faqat Runi (30) va Skoulzda (24) natija yaxshiroq;

▪️Mbappe (22 yosh-u 339 kun) YECHLdagi 50 o‘yinini o‘tkazdi. Faqat Sesk Fabregas va Iker Kasilyas bu ko‘rsatkichni undan yoshroq vaqtida qayd etgan.

Manba: Futgol_uz
Kiritildi: 19:40, 25.11.2021.
O'qildi: 2936 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик