“Uotford” hujumchisi Ismaila Sarr tizzasidan jarohat oldi. "Sky Sports" nashri xabariga ko‘ra, u kamida bir oy jamoasiga yordam bera olmaydi.
Sarr 20 noyabr kuni "Manchester Yunayted"ga qarshi o‘yinda (4:1) jarohat olgan edi.
Joriy mavsumda jami 23 yoshli hujumchi APLda 12 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan.