Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Qatar-2022. Jahon chempionati o‘tkaziladigan stadionlarga sayohat (foto)

Qatar-2022. Jahon chempionati o‘tkaziladigan stadionlarga sayohat (foto)

Baho:
+ | -

Qatardagi jahon chempionati boshlanishiga ham oz fursat qolmoqda. Mundial 2022 yil 21 noyabrda boshlanadi va 18 dekabrga qadar davom etadi. Ayni paytda 32 nafar turnir ishtirokchisidan 13 nafari malum.

Shu munosabat bilan ushbu futbol bayrami o‘tkaziladigan stadionlar haqida ma’lumot berishga qaror qildik.

 

“Milliy stadioni”

Imkoniyati: 86 250 tomoshabin

Qurilishning tugashi: 2021 yil 22 noyabr

Osiyo qit’asidagi jahon chempionatining eng katta stadioni. Unda turnirning asosiy o‘yinlari - ochilish va final bahslari o‘tkaziladi. Arena qurilishi 2017 yilning bahorida boshlangan. Qatar poytaxti Dohadan stadionga metro orqali borish mumkin. Masofa juda yaqin. Stadion 2020 yilgacha qurilishi tugashi rejalashtirilgan edi, biroq bu muddati bir yilga cho‘zildi. Jahon chempionati oldidan yangi arenada 10 ga yaqin uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.

 

“El-Bayt”

Imkoniyati: 60 000 tomoshabin

Ochilish: 2020 yil fevral

Ushbu arenaning dizayni Qatar xalqining an’anaviy ko‘chmanchi chodirlaridan ilhomlangan. Mehmonxona to‘g‘ridan-to‘g‘ri stadionda joylashgan bo‘ladi. Eng yaxshi xonalar stadion maydoni tomonga qaragan. Jahon chempionati yakunlangach, stadion sig‘imi ikki barobarga qisqaradi, bo‘shatilgan maydon esa mehmonxona, savdo markazi va sport inshootlari uchun ishlatiladi.

 

“El-Tumama” (Doha)

Imkoniyati: 40 000 tomoshabin

Ochilish: 2021 yil, 22 oktyabr.

Ushbu stadionning dizayni an’anaviy sharqona bosh kiyim - taqiya yoki do‘ppiga o‘xshatib qurilgan. “Elb-Tumama”ning ochilishi oktabr oyida ochilgan.Ochilish o‘yinida Xavi boshchiligida “As-Sadd” Qatar amiri kubogi finalida “Ar-Rayyan”ga qarshi bahsi bo‘lgan.

 

“Ras Abu Abud” (Doha)

Imkoniyati: 40 000 tomoshabin

Ochilish: 2021 yil oxiri

Stadion Fors ko‘rfazining to‘g‘ridan-to‘g‘ri sohilidagi juda go‘zal joyda joylashgan. Uni qurishda g‘ayrioddiy materiallar - qayta ishlangan yuk tashish konteynerlari ishlatilgan. “Ras Abu Abud” vaqtinchalik stadion hisoblanadi. Ushbu arena jahon chempionatidan so‘ng darhol demontaj qilinadi.

 

“Education City” (Al-Rayyan)

Imkoniyati: 45 350 tomoshabin

Ochilish: 2020 yil iyun

 

Jahon chempionatidan so‘ng bu stadion ham rekonstruksiyani kutmoqda: sig‘im 20 mingga qisqaradi va arena universitet sport jamoalari ehtiyojlariga beriladi (shuning uchun nomi “Education City”). “Education City” stadionning norasmiy nomi. Arenaning haqiqiy nomi “Cho‘ldagi olmos” deb ataladi. Stadionning katta qismi ekologik toza materiallardan qurilgan, shuning uchun u dunyodagi eng chimi yaxshi stadionlardan biri hisoblanadi.

 

“Axmed Bin Ali” (Al-Rayyan)

Imkoniyati: 44 740 tomoshabin

2003 yilda ochilgan, 2020 yilda ta’mirlangan

 

Stadion jahon chempionati uchun keng ko‘lamda modernizasiya qilingan va endi bu arena avvalgi versiyaga deyarli o‘xshamaydi. 2015 yilda eski stadion buzib tashlangan va o‘rniga yangisi qurilgan. Shu bilan birga, yangi arenani qurishda buzilish natijasida hosil bo‘lgan materiallardan foydalanilgan. U o‘tgan yili ochilgan bo‘liib, unda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining bir nechta o‘yinlari o‘tkazilgan.

 

“Xalifa” (Al-Rayyan)

Imkoniyati: 40 000 tomoshabin

1975 yilda ochilgan, 2017 yilda ta’mirlangan

 

Rayyan shahrida joylashgan uchinchi va eng qadimgi stadion. Shuningdek, mazkur arena jahon chempionati uchun jiddiy yangilandi. Qatar terma jamoasi o‘z uy uchrashuvlarini aynan shu stadionda o‘tkazadi. “Xalifa” nafaqat futbol o‘yinlarini o‘tkazdi, balki 2019 yilda bu yerda engil atletika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

“Al-Janub” (Al-Vakra)

Imkoniyati: 40 000 tomoshabin

Ochilish: 2019 yil may

 

Stadion egri chiziqli postmodern va neo-futuristik dizaynga ega. Tom uchun Fors ko‘rfazida mahalliy marvaridlaridan foydalanilgan. Arena qayiqlarning yelkanlari asosida yaratilgan. Jahon chempionatidan so‘ng arena “Al-Vakr” klubining uyi stadioniga aylanadi. Sig‘imi esa ikki barobarga kamayadi.

 

Jahon chempionati haqida qo‘shimcha ma’lumotlar

  • JCH-2022 o‘yinlari 5 ta shahar va 8 ta stadionda o‘tkaziladi. Taqqoslash uchun, 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionati 11 ta shahardagi 12 ta stadionda bo‘lib o‘tgan.
  • Kelasi yilgi jahon chempionatining barcha arenalari imkon qadar ixcham joylashgan. Ikki stadion orasidagi eng uzun masofa atigi 70 km
  • Qatarning iqlim sharoiti tufayli turnir yil oxirida bo‘lib o‘tadi (yozda havo harorati 50 ° C ga yetadi). Bundan tashqari, barcha jahon chempionati stadionlari maxsus sovutish tizimlari bilan jihozlanadi.
  • Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Qatar bo‘lajak turnir uchun infratuzilmalarni tayyorlash maqsadida 200 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflaydi.

 

Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.

 

Kiritildi: 22:21, 06.12.2021.
O'qildi: 8478 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.