Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Sonny. Janubiy Koreya vakilining garajiga ko‘z tashlaymiz

Sonny. Janubiy Koreya vakilining garajiga ko‘z tashlaymiz

Baho:
+1 | -

Son Hyon-Minni butun dunyo biladi. Uning o‘yinlari barchaga ma’qul kelgani, faqat ijobiy taassurotlar ulashgani uchun ham uni hurmat qilamiz. Xo‘sh, Sonning qiziqishlari qanday? Hozir siz koreyalikning avtomashinalar borasidagi didi qay darajada ekanini bilib olishingiz mumkin bo‘ladi.

Aytish kerakki, Son siz o‘ylaganchalik mashinalar uchun katta mablag‘ sarf etavermaydi. Ammo o‘ziga yoqqan avto modeli uchun pulni ayamaydigan odati ham bor. 29 yoshli hujumchi hozirda «Tottenxem»da faoliyat yuritadi va haftasiga 110 ming funt maosh oladi. Uning garajida esa qiymati millionlab funtga teng bo‘lgan avtomashinalar jamlanmasi mavjud. Shulardan yeng asosiylari diqqat markazimizda:

Ferrari, «LaFerrari»

Ushbu turdagi avtoulov dunyoda 499 nusxada ishlab chiqarilgan, xolos. Son esa ulardan birining egasidir. Ammo u Ferrarining an’anaviy(kompaniya ramzi) qizil rangli variantidan voz kechib, qorasini tanlagan. Negaki, uning klubi futbolchiga qizil avtoda yurishni ta’qiqlab qo‘ygan. Bunday qilinishiga asosiy sabab «Tottenxem»ning ashaddiy raqibi bo‘lgan «Arsenal» klubining ramziy rangi qizil bo‘lganidir. Mashina narxi 1 million 150 ming funt atrofida. Bunaqasi uncha-muncha APL futbolchilarida bo‘lavermaydi. Eng kuchli vositalar bilan jihozlangan italyan brendi, xaridorlar unga mos bo‘lishiniyam talab etadi. Ya’ni, ushbu modelni xarid qilayotgan inson avval ham Ferrari rusumidagi avtodan foydalangan, uni sotib olgan bo‘lishi lozim. Sonning qora rangli modeli soatiga 60 kilometr tezlikka atigi 2,9 soniyada chiqa oladi. U 6,3 litrli VV12 motorida harakatlanadi. Shuningdek, «LaFerrari» elektrda yurish uchun ham moslangan. Mashinaning maksimal tezligi 227 km/soatni tashkil etadi.
Ha aytgancha, aynan mana shu rusumdagi mashina Pyer-Emerik Obameyang garajida ham mavjud.

Maserati, «Levante»

Son Maseratining SUV seriyali mahsulotining dastlabki sotib olganlardan biri bo‘lgan. Ushbu superkarning boshlang‘ich narxi 60 ming funt-sterlingni tashkil etar edi. Ammo futbolchiga, o‘z vatani Koreyada ushbu Maserati sovg‘a qilingani haqida aytiladi. Bu hodisa Sonning o‘yinlari Maserati motori kabi tezkor va shiddatli ekanini anglatadi. Haqiqatdan ham maydonda yuqori tezlikka chiqqan Sonni to‘xtatib qolish imkonsizdek tuyuladi.

Range Rover

Premyer-liga futbolchilarining ko‘pchilik qismi ushbu mashinasiz yashay olmasliklarini aytishadi. Haqiqatdan ham ingliz ishlab chiqaruvchisi tayyorlagan mahsulot mutlaq ko‘pchilikka manzur keladi. Son ham shular qatorida. Qora rangdagi «The Evoque» modelining boshlang‘ich narxi 31 ming funt atrofida. Biroq Sondagi versiyasida biroz o‘zgarishlar mavjud. Xususan, salondagi o‘rindiqlarda qizil hoshiyali chiziqlar o‘tkazilgan. Yana g‘ildirak ichki diskalarida ham. Bu dizayn Songa aynan mos keladi.

Bentley, «Continental GT»

Yana bir futbol yulduzlarining sevimli «matoh»laridan biri. Son esa ushbu mashina uchun 160 ming funt atrofida pul sarflagan. Avtomashina maxsus, 6L ikkitalik turboquvvatlagich dastagiga ega. W12 motori esa haydovchiga 4,3 soniyada soatiga 60 kilometr tezlikka chiqishga yordam beradi. Uning eng baland tezligi 198 km/soatni tashkil etadi. Bu esa Songa mashg‘ulotarga kech qolgan paytlarida ayni muddaodir.

 


Jaloliddin ISMATOV

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 23:58, 06.12.2021.
O'qildi: 3563 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик