Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Og‘ir atletika. Doston Yoqubov: «Bu shunchaki boshlanishi»

Og‘ir atletika. Doston Yoqubov: «Bu shunchaki boshlanishi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Toshkentda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati bugun muxlislarga cheksiz quvonch ulashdi.

Xabaringiz bor, biroz oldin -67 kg vazn toifasida Doston Yoqubov jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Yurtdoshimiz g‘alabadan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Avvalo, shunday sharoitlar yaratib berilgani uchun Prezidentimizga rahmat aytaman. Qolaversa, Turizm va sport vazirligiga, Olimpiya milliy qo‘mitasi, Milliy gvardiya, Kasaba uyushmalari federasiyasiga rahmat aytaman.

O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasiga alohida tashakkur deyman. Meni shu yerda qo‘llab turgan muxlislarga va doimo yonimda bo‘ladigan oila a’zolarimga rahmat aytaman.

Shuningdek, Shaxrillo aka Mahmudovga, Farxod aka Mirzajonov, Bahrom aka Abdumalikovga, Bahrom aka Mendiboyev, Jo‘ra aka Zoirov va Obid aka Muslimovga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Musobaqa qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi. Hamyurtlarimiz ko‘z o‘ngida bo‘lgani uchun ham xayajon juda kuchli. Xudo xohlasa, bu boshlanishi va keyingi musobaqalarda yanada yaxshiroq natijalar, oltin medal va rekordlar bilan yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishga, hamyurtlarimizni xursand qilishga harakat qilaman.

Ushbu musobaqaga Turkiya va Ukraina davlatlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari orqali tayyorlandik. Mashg‘ulotlarda dast ko‘tarish bo‘yicha natijalarimni yaxshilashga erishdik. Bunda murabbiylarimning xizmati katta, ularga yana bir bor rahmat.

Adham Olimpiadadan keyin ko‘p vaqt o‘tmadi. Shuning uchun ham u bu musobaqaga optimal sport formasida yetib kela olmadi, ammo bunga qaramay, u zo‘r ishtirok etdi deya olaman. Dast ko‘tarishda biroz omadi kelmadi. Siltab ko‘tarishda esa o‘z darajasini yana bir bor ko‘rsatib, shohsupadan joy egalladi.

Menimcha, shu vaznda qolaman. Endi hammasini vaqt ko‘rsatadi va nima bo‘lganda ham murabbiylarim bilan maslahatlashgan holda bir qarorga kelamiz», — deydi Yoqubov.

Kiritildi: 23:20, 10.12.2021.
O'qildi: 1769 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.