Italiyalik himoyachi Leonardo Bonuchchi milliy chempionat doirasidagi "Venesiya"ga qarshi o‘yindagi durangni izohladi.
"Bahona yo‘q, shunchaki ikki ochko yo‘qotdik. Biz hali o‘z ustimizda juda ko‘p ishlashimiz kerak", - dedi Bonuchchi.
Ushbu natijadan keyin Turin klubi 28 ochko bilan turnir jadvalining 6-pog‘onasiga joylashdi.