Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Bundesliga. «Borussiya D» kutilmaganda poytaxt jamoasiga yengildi (videosharh)

Bundesliga. «Borussiya D» kutilmaganda poytaxt jamoasiga yengildi (videosharh)

Baho:
+ | -

Germaniya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 18 dekabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Borussiya D» Berlinda «Herta» mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 31-daqiqasida dortmundliklar futbolchisi Yulian Brant hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar Ishak Belfodil goli va Marko Rixterning dubli evaziga oldinga o‘tib oldi. 83-daqiqada Steffen Tigges hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi, ammo bu gol mehmonlarning mag‘lubiyatdan qutulib qolishga yetarli bo‘lmadi.

Marko Roze shogirdlari 34 ochko bilan ikkinchi o‘rinda qoldi. «Herta» esa ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 20 taga yetkazdi va 12-o‘ringa chiqdi.

Bundesliga, 17-tur bahsi
18 dekabr, shanba
«Herta» –«Borussiya D» 3:2
Gollar: 0:1 – 31 Brandt, 1:1 – 51 Belfodil, 2:1 – 57 Rixter, 3:1 – 69 Rixter, 3:2 – 83 Tigges.
«Herta»: Shvolov, Pekarik (Zefeyk, 55), Shtark, Torunariga, Mittelshtedt, Darida (Tuzar, 72), Askasibar, Ekkelenkamp (Zelke, 87), Belfodil (Plattenhardt, 87), Maolida, Rixter (Gexter, 72).
«Borussiya D»: His, Menye (Volf, 72), Vitsel (Zagadu, 72), Pograchich, Shuls (Gerreyru, 72), Jan, Brandt (Tigges, 81), Daud, Roys (Azar, 58), Malen, Holand.
Ogohlantirish: Pograchich (90).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:10, 19.12.2021.
O'qildi: 1064 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик