Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

«Tottenhem» - «Liverpul» o‘yinida hakamning bahsli qarorlari xususida

«Tottenhem» - «Liverpul» o‘yinida hakamning bahsli qarorlari xususida

Baho:
+ | -

«Tottenhem» - «Liverpul» o‘yini «yondi». Olti o‘yin qoldirilgan turda olti o‘yinga yetarli voqealar bo‘ldi. Tabiiyki, bahsli hakam qarorlari ham.

Internetda Robertsonning qizil kartochkasi va shu rangdagisi Keynga berilmagani mavzu bo‘lib turibdi. Aksariyat fikrlar bo‘yicha, har ikki holat ham qizil, ammo hakam Keynni ayadi, qarorlarida uzviylik bo‘lmadi, deb hisoblashmoqda.

Menimcha, aynan uzviylik tomonidan hakamda muammo yo‘q va shu rakursdan har ikki qarorni tushunish mumkin.

Hakam imkon qadar liberal boshqardi. Kichik holatlarda maydalashib o‘tirmadi. Gol vaziyatda Salohning qo‘liga to‘p tekkani, Jota va Alliga nisbatan jarima maydonidagi harakatlarga e’tibor berilmadi. Keynning holati xuddi mana shu boshqaruv uslubiga mos keladi.

Quyida ikki rasm turibdi. 1-rasmga qarab turib, darhol aytish mumkin - qizil. Ammo o‘yin paytida Keyn harakatlarida agressiya yo‘q edi, to‘p uchun o‘ynaldi va yutqazilganini bilib, hujumchi sekinlashdi, kontakt qattiq bo‘lmadi. Qog‘ozda "qizil"ga tortsa-da, hakam e’tiborga olishi mumkin bo‘lgan omillar bor edi.



Ishonmasangiz, ikkinchi rasmga qarang. Rasmda - Mane qoida buzyapti to‘g‘rimi? Agar shu vaziyatda "Liverpul" gol urganini e’tiborga olsak, hakam hisoblamasligi kerak, to‘g‘rimi? Ammo bu yerdayam, Keynning foydasiga ishlagan omillar bor - Maneda agressiya yo‘q, to‘p yo‘qotilganini bilgach, sekinladi, kontakt bor, ammo zararsiz. Albatta, Keyn bilan ayni emas, ammo Keynga sariq va jarima, Maneda hatto qoida buzilishi qayd etilmadi. Ya’ni ikkoviyam bir xil yo‘nalishdagi, vaziyat kayfiyatiga monand qaror.

Robertsonning qizili yuqoridagi sanalgan holatlardan butunlay farq qiladi - u yerda agressiya bor edi. Oqlab bo‘lmaydi. Hakamni qarorlarda uzviy emaslikda ayblab ham.

To‘g‘ri, agar hakam yanada qattiqqo‘l, ya’ni boshqacha uslubda boshqarganda, Keyn maydondan chetlatilar va umuman «Liverpul» foydasiga ssenariy bo‘lishi ehtimoli katta edi.

Ammo shu tufayli hakamni boshqacha emaslikda, tabiiyki, xatolarda ham ayblay olmaymiz.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/asl_futbol
Kiritildi: 10:32, 20.12.2021.
O'qildi: 4192 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик