Futbolchilar o‘zlarining kelajagini "Bavariya"da ko‘rmayapti
Jurnalist Jerar Romeroning so‘zlariga ko‘ra, Myunxenning "Bavariya" klubi ikki nafar futbolchisi Korenten Tolisso va Mark Roka o‘zlarini "ko‘k-anorranglilar"ga taklif qilgan. Ular hozirda olayotgan o‘yin amaliyotidan norozi va qishda jamoani tark etmoqchi.
Qayd etish joiz, Tolisso joriy mavsum Bundesligada 7 o‘yinda 1 assist amalga oshirgan. Roka esa 3 uchrashuvda maydonga tushgan.